O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/109
Sana19.01.2024
Hajmi3,46 Mb.
#140836
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   109
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

Sakkizinchi sxema. Har bir tayyorlangan, ayrim buyumning 
standartlar talabiga muvofiqligi sinovlar o‘tkazib aniqlashga asoslangan. 
Bu sertifikatlashtirish usulida yuqoridagi sxemalarga qaraganda 
ta’minlovchining mas’uliyati ancha yuqori. Tabiiyki, muvaffaqiyatli 
sinovlardan o‘tgan buyumlargina sertifikat yoki Muvofiqlik belgisini 
oladi. 8-sxema mahsulotga nisbatan yuqori va qat’iyroq talablar 
qo‘yilganda ishlatilishga asoslangan yoki mahsulotning ishlatilishi 
natijasida standart talablarga mos kelmasligi iste’molchiga katta iqtisodiy 
zarar yetkazganida qo‘llaniladi. Bu xil sertifikatlashtirish qimmatbaho 
metallardan va qotishmalardan tayyorlanadigan buyumlarda ko‘proq 
qo‘llaniladi. 
Bundan 
asosiy 
maqsad 
qimmatbaho 
metallarning 
belgilangan miqdorini, tarkibini va buyumning tozaligini tekshirishdir. 
Buyuk Britaniya instituti tomonidan sertifikatlashtirishning yangi 
xili yaratilib, bu usul bilan faqat ishlab chiqarishdagi texnologik 
jarayonlarini tasdiqlanishi (attestatlanishi)ga asoslangan. 
Hozirgi zamon adabiyotida har bir sertifikatlashtirish sxemasining 
afzalligi va kamchiliklari tahlil etilgan. Bularning ichida eng mukammal 
va murakkabi beshinchi sxemadir. Bu sxema to‘liq bo‘lganligi uchun uni 
asos qilib olib, hozirgi zamon xalqaro sertifikatlashtirish tizimi 
yaratilmoqda. 
Sertifikatlashtirish 
tizimlarini 
boshqaruvchi 
idora 


121 
muayyan turdagi mahsulot sifatining nazoratini tashkil etish, 
standartlarga rioya qilishni majburiy talab etishini, iste’molchi va savdo 
talablarini e’tiborga olib, mamlakatdagi amalda bo‘lgan qonunlar va 
me’yoriy hujjatlar asosida o‘z ishini tashkil etadi. Sertifikatlashtirish 
idorasi sinovlarni o‘tkazish, korxonadagi va savdo shaxobchasidagi 
mahsulotning sifatini nazorat qilish hamda nazoratni tashkil qilish va 
shunga o‘xshashlarni bajarib, uchinchi tomon vazifasini bajaradi. 
ISOda maxsus sertifikatlashtirish qo‘mitasi tuzilgan va u SERTIKO 
deb yuritiladi. U hududiy va milliy belgilarni to‘g‘ri kelishini 
haqqoniyligini o‘zaro tan olish, ta’minot vositalarini o‘rganish, 
sertifikatlash tizimida ISO standartlaridan foydalanishni nazorat qilish 
usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. 

Download 3,46 Mb.
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   109




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi

Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish