• Sifatini kompleks boshqaruvining butun tashkilotga ta’siri
  • -rasm. Sifatni boshqarish evolyutsiyasi




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet88/109
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,46 Mb.
    #140836
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   109
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

    4.4-rasm. Sifatni boshqarish evolyutsiyasi. 
    Sifatni boshqarishni rivojlantirishning birinchi bosqichi XIX asrga 
    хos bo‘lib bunda bir ishchi yoki ishchilar guruhi barcha buyumlar 
    sifatiga mas’ul bo‘lgan - sifatni individual tekshirshi qo‘llanilgan. 
    XX asr boshlari uchun xoslik shundan iborat bo‘ldiki, bunda 
    umumiy ishni ishchilar guruhi bajaradigan korxonalar paydo bo‘ldi, 
    bularning tepasida sifatni maqsadli tekshiruvchi tsex ustasi turgan. 
    Ishlab chiqarish murakkablashishi bilan bu ishga ishchilarning katga 
    guruhlari qo‘shiladi, bu esa shtatli tekshiruvchilarni jalb etishni talab 
    qildi mahsulotni qabul qilishda sifatni tekshirish usuli kiritildi. 
    Boshqaruvchilar tomonidan boshqariladigan alohida yirik tekshirish 
    xizmatlari paydo bo‘ldi.
    Uchinchi bosqich davomi 60-yillarga to‘g‘ri keladi - sifatni statistik 
    tekshirish 
    boshlanib, 
    bunda 
    tekshiruvchilar 
    statistik 
    asboblar: 
    yaroqsizlikka chiqarish tekshiruvi kartalari va tekshirish kartalari bilan 
    qurollandi. 
    Sifatni kompleks boshqarish - beshinchi bosqich sifat muammolarini 
    kompleks hal etish talabi tufayli yuzaga keldi. 
    A. Feygenbaum fikricha, sifatni kompleks boshqarish - nafaqat 
    boshqarish funktsiyasi, balki butun tashkilot va korxonaning sifat 
    sohasidagi o‘zaro bog‘langan ko‘p vazifali faoliyatidir. 
    A. Feygenbaum sifatni kompleks boshqarishning butun tashkilotga 
    ta’siriga alohida e’tibor beradi. Bunday boshqaruv, istemolchining 
    talablarini qondirishga yo‘naltirilgan boshqaruv va texnik ishlarni 
    bajarishni talab qiladi. Bunday vazifa umumiy rahbariyat, mahsulotni 
    Sifatini kompleks 
    boshqaruvining 
    butun tashkilotga 
    ta’siri 


    131 
    хaridga chiqarish tizimi, loyihalash bo‘limlari, ishlab chiqarish, firma 
    ma’muriyati va xodimlari, moliyalash tizimi, xizmat ko‘rsatish va sifatni 
    boshqarish funksiyasining birinchi darajali majburiyati bo‘ladi. 
    A. Feygenbaum yana shunday yozganki, korxona rahbariyati anglab 
    etishi kerakki, sifatni boshqarishning kompleks tizimi sifatni oshirish 
    yoki xarajatlarni kamaytirish uchun mo‘ljallangan muvaqqat loyiha 
    emas. Faqat sifatni oshirish va xarajatlarni kamaytirish bilan bog‘liq 
    bo‘lgan asosiy muammolar bartaraf etilgandan keyingina sifatni 
    boshqarish tizimi korxona rahbariyati uchun mahsulot sifatini yaxshi-
    lashga qaratilgan doimiy ishlaydigan richagga aylanadi”. 
    AQSH olimlari va mutaxassislarining fikricha, yaxshi tashkillash-
    tirilgan va samarali sifatni boshqarish tizimi so‘zsiz bir shart bilan 
    yaratilishi mumkin - bu ishni shaxsan korxona rahbari boshqarishi lozim. 
    60-70-yillarda AQSHda sifatni boshqarish bo‘yicha olimlar va 
    mutaxassislarning, shu jumladan A. Feygenbaumning qator ishlarida 
    shunday fikr bo‘lganki, sifatni boshqarish va ta’minlash — korxonalarni 
    boshqarish maxsus xizmatlari va tekshirish xizmatlarining vazifasidir. 
    Bu shunday tushuntirilganki, sifat to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlik hammaga 
    tarqatilganda hech kimniki bo‘lib qoladi. Lekin Yaponiyada butunlay 
    boshqacha - sifatni ta’minlash — jami xodimlar ishidir. Bu masalada bir 
    tomonlama fikr yuritmaslik kerak: bu yerda sifat muammosini yechishda 
    maxsus xizmatlarning yoki hamma xodimlarning ishtirok etishini 
    belgilovchi sabablar ko‘p bo‘lishi mumkin. Muhimi AQSH va 
    Yaponiyada firmalar erishayotgan natijadir, umumiy g‘oya - mahsulot 
    sifati muhimdir. 

    Download 3,46 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   109




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish