135
tayyor buyumlarning yuqori sifatli tayyorlanishini ta’minlash va sifatni
statistik tekshirish metodlarini joriy etishdan iborat.
Bu zavodda 1968-yildan boshlab tsexlar ishining sifatini baholash va
xususiy tamg‘a to‘g‘risida nizomlar joriy etilgan. Mavjud nizomga ko‘ra
sifat koeffitsienti 7,5 balldan past bo‘lgan tsexga afzalli o‘rin berilmaydi.
Tsexlarda alohida bajaruvchilar va brigadalar o‘rtasida musobaqalar
tashkillashtirilgan. Mahsulot sifati uchun moddiy rag‘batlashtirish
maqsadida mehnat ishbay xaq to‘lash yangi tizimi joriy etilgan. Bunda
mukofot tayyorlangan mahsulot sifatini hisobga olgan holda beriladi.
Vaqtbay-mukofot tizimida mukofot mahsulotni birinchi taqdimdan
topshirishning ma’lum foizi uchun beriladi. Xususiy tamg‘ani qo‘llanish
huquqiga ega bo‘lgan xodimlar maoshiga 10 % miqdorda qo‘shimcha
haq to‘lanadi.
Tizimni joriy etish natijasida benuqson yarim o‘tkazgichli
priborlarni
buyurtmachilarga
topshirish
11,8
foizga
oshdi,
reklamatsiyalar soni esa 3 marta qisqardi. Mehnat va mahsulot sifatini
boshqarish muammosiga tizimli yondashish O‘zbekistonning boshqa
korxonalarida ham keng qo‘llanilgan.