quyidagi turlarga ajratiladi




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/109
Sana19.01.2024
Hajmi3,46 Mb.
#140836
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   109
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

quyidagi turlarga ajratiladi: 
➢ siziluvchi muhit usuli suyuqlik yoki gazlarni obyektga singish 
(sizib o‘tish) miqdorini o‘lchashga asoslanadi; 
➢ mexanikaviy sinovlar shu joydagi yemirilishlar tahlili hamda 
obyektning rezonans holatini o‘rganish bilan bog‘liq; 
➢ sinovlarning 
akustikaviy 
usullari 
ultratovush 
ta’sirida 
uyg‘onadigan elastik tebranishlar parametrlarini aniqlash bilan bog‘liq; 
➢ magnitaviy usullar; 
➢ radiatsion usullar neytron, radioizotop va tormozli nurlanishlarni 
qo‘llash bilan bog‘liq; 
➢ issiqlik usullari issiqlik maydonini o‘rganish bilan bog‘liq;
➢ radioto‘lqin usullari yuqori chastotali tebranishlarni tekshiri-
layotgan obyektda tarqalishi bilan bog‘liq; 
➢ elektrga oid usullar tekshirilayotgan obyektning elektr sig‘imi, 
elektr induktivligi va elektr qarshiligiga baho berish bilan bog‘liq. 
 
5.4. Sizish muhiti va mexanik sinov usullari 
Rezervuarlar, gazgolderlar va quvurlar kabi inshootlarning zichligini 
(germetikligini) tekshirishda muhitlar usulidan foydalaniladi. 
Tajribada suvdan foydalanilsa, idish (sosud) ish jarayonidagiga 
nisbatan balandroq sathga qadar suvga to‘ldiriladi. Yopiq idishlarda 
qo‘shimcha suv yoki havo kiritish yo‘li bilan bosim oshiriladi. Metall 
konstruksiyalarning alohida choklari atom atrofidagi bosim bilan 
brandspoyt – (yong‘inga qarshi ishlatiladigan suv nasosi) dan tizillab 
otilgan kuchli suv oqimi yordamida tekshiriladi. Tekshirilayotgan ulama 
choklarda nuqson mavjud bo‘lsa, suv zichligi zaif bo‘lgan joydan sizib 
o‘tadi. 
Yoriqlarni aniqlashda-kerosindan foydalanish yaxshi samara beradi. 
Yopishuvchanligi hamda sirt tarangligi suvga nisbatan kam bo‘lganligi 
tufayli kerosin g‘ovak va yoriqlar orqali buyumning orqa tomoniga oson 
sizib o‘tadi. Chok sirtining bir tomoniga kerosin surtiladi yoki sepiladi, 
sirtning orqa tomoni esa bo‘r eritmasi bilan yengilgina oqlanadi va 
quritiladi. Yoriqlar mavjud bo‘lsa, sizib o‘tgan kerosin qurigan oppoq 
fonda zang dog‘lari hosil qiladi. 


138 
Siqilgan havodan foydalanish usuli nuqson aniqlashning eng sodda 
usullaridan biri sanaladi. Bunda chokning bir tomoni 4 atmosfera bosim 
ostida siqilgan havo bilan purkaladi. Hosil bo‘lgan havo pufakchalari 
yoriqlarning mavjudligidan darak beradi. 
Nuqsonlarni aniqlashda ultratovush usuli ham keng qo‘llaniladi. Bu 
usul yoriqlardan havo o‘tganda ultratovush tebranishlarining o‘zga-
rishiga asoslanadi. 
Yoriq izlovchi asboblar vositasida 0,4 at. bosim ostida 2 sm gacha 
bo‘lgan aniqlikda 0,1 mm gacha bo‘lgan yoriqlarni aniqlash mumkin. 
Juda muhim konstruksiyalarni tekshirishda havoning o‘rniga oson 
sizadigan kimyoviy moddalardan (havo-ammiyak aralashmasi va 
boshqalar) foydalaniladi. 
Yoriqlarning mavjudligini vakuum hosil qilish yo‘li bilan ham 
aniqlasa bo‘ladi (5.1-rasm). Tekshirilayotgan konstruksiya (3) sovunli 
suv bilan ho‘llanadi va unga qopqog‘i (5) shaffof bo‘lgan tubi yo‘q quti 
(4) qoplanadi. Rezina zichlagichlar 1 qutiga havo kirmasligini 
ta’minlaydi. Quti vakuum — nasos (6) ga ulanadi. Sovun pufakchalari
2 ning paydo bo‘lishi konstruksiyada yoriqlar borligidan darak beradi. 

Download 3,46 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   109




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish