-rasm. Materiallarni akustik yoki impuls usulida nazorat




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/109
Sana19.01.2024
Hajmi3,46 Mb.
#140836
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   109
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

5.2-rasm. Materiallarni akustik yoki impuls usulida nazorat 
qiladigan asboblar: 
 


140 
5.6. Radiatsion, magnit va elektromagnit usullari 
Materiallarning fizik-mexanik xossalarini va qurilish konstruk-
siyalarining nuqson (defekt)larini aniqlashda radiatsion usullardan ham 
foydalaniladi. Bular orasida rentgen usuli, elektron tezlatkichlarning 
tormozli nurlanish usuli va γ — usullar amaliyotda eng ko‘p tarqalgan 
usullardan hisoblanadi. Ushbu usullar o‘zaro o‘xshash masalalarni 
yechishda 
qo‘llaniladi. 
Pozitronlardan 
foydalanishga 
asoslangan 
radiografiya usuli va issiqlik neytronlari orqali yorituv usullari istiqbolli 
usullar sanaladi. Neytronlar yordamida materialning namligi, pozitronlar 
orqali esa materialdagi charchash kuchlanishlarini aniqlash mumkin.
Rentgen, elektron tezlatkichlarning tormoz nurlanishi va γ-nurla-
nishlar o‘z tabiatiga ko‘ra, vakuumda yorug‘lik tezligida tarqaladigan 
yuqori chastotali elektromagnit to‘lqinlaridir. 0,5 dan 1000 keV gacha 
bo‘lgan diapazonda ishlaydigan rentgen apparatlari bularning manbai 
vazifasini o‘taydi. 
Radioaktiv moddalarni qo‘llash hamda ionlashgan nurlanish bilan 
bog‘liq bo‘lgan ishlar tegishli me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. 
Barcha ishlar qat’iy yo‘riqnomalar asosida bajariladi. Sanitar qoidalariga 
binoan yoshi 18 ga to‘lmaganlar nurlanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarga 
qo‘yilmaydi. Radioaktiv moddalar bilan ishlaydigan xodimlar muntazam 
ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib turiladi; mehnatni tashkil etishning 
xavfsiz usullari, hamda vositalari va shaxsiy gigiyena qoidalari bo‘yicha 
imtihon qilinadi. Vaqti-vaqti bilan radiometrik nazorat amalga oshiriladi. 
Nazorat-tekshiruvning magnitоviy usullari nuqson (defekt)lar ustida 
magnit maydonining sochilish qonuniyatini o‘rganishga hamda 
sinalayotgan buyumning magnitli xossalarini aniqlashga asoslanadi. 
Magnitli usullarning, o‘zi magnit kukunli, magnitografik, ferrozond, 
induktsion va pandermotor deb nomlangan alohida shoxobchalarga 
ajraladi. Magnit kukunli usul metalldagi yaxlitlikning buzilishi singari 
nuqsonlarni aniqlashda eng ko‘p tarqalgan usullardan sanaladi. 
Magnit oqimi nuqsonsiz joyda o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmaydi. Agar 
magnit oqimi o‘z yo‘lidagi ochiq (a) yoki (b) nuqson tufayli 
kuchsizlansa, u holda magnit yo‘llarining bir qismi detaldan tashqariga 
chiqadi. Nuqsonning ustida magnit maydoni paydo bo‘ladi (5.3-rasm). 


141 

Download 3,46 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   109




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Materiallarni akustik yoki impuls usulida nazorat

Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish