• Mavzu: Impuls va raqamli avtomatik boshqarish sistemalari
  • Mavzu: Impuls va avtomatik boshqarish sistemalari




    Download 1,29 Mb.
    bet1/5
    Sana16.05.2024
    Hajmi1,29 Mb.
    #237173
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    saoda bsst.2


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
    ENERGETIKA VA RADIOELEKTRONIKA FAKULTETI, TJ VA ICHA VA B KAFEDRASI,
    BOSHQARUV SISTEMALARINING STRUKTURAVIY TAHLILI FANIDAN TAYYORLAGAN
    TAQDIMOT
    Bajardi: 451-21-guruh talabasi
    Qabul qildi:
    Tursunboyeva S
    Xolbekov U

    Mavzu: Impuls va raqamli avtomatik boshqarish sistemalari

    Reja:

    • Impulslar haqid ma’lumot (impulslarning tasnifi, ularning turlari va parametrlari)
    • Avtomatik boshqarish sistemalari xarakteristikasi

    Impuls texnikasi radioelektronikaning bir bo‘limi bo‘lib, u elektr impulslarni generatsiyalash, o‘zgartirish va kuchaytirish, ularni o‘lchash va qayd qilishni o‘rganish va foydalanishni, avtomatika, telemexanika va hisoblash texnikasi, elektr aloqa hamda radiolokatsiya, televideniya va o‘lchash texnikasida qo‘llaniladigan impulsli sistemalarning elementlarini loyihalash va hisoblash ishlarini o‘z ichiga oladi.
    Elektr zanjirida impuls deb, kuchlanish yoki tokni qisqa vaqtda o‘zgarishi tushuniladi.
    Real impuls ko'rinishi
    Impulsning asosiy tasniflari va parametrlari quyidagilardan iborat:
    1. Impuls amplitudasi UM– A.
    2. Impulsning aktiv kengligi (0,1A darajada o‘lchanadi) tu.
    3. Front tikligi S(f)= dU/dt=Ut/tf
    4. Qiyalik tikligi Sp= dU/ dt ≈ U t / t sp .
    5. Impuls tomi buzilishi ∆U Ut ⋅100% .
    6. Teskari tashlanish amplitudasi Ut obr.
    7. Teskari tashlanish kengligi tu ob.
    8. Impuls quvvati P=W/tu, bu yerda: W – impuls energiyasi.
    Impuls ketma-ketlikni davriy takrorlanuvchi impulslar tashkil etadi. U quyidagi parametrlar bilan xarakterlanadi.
    9. Impuls ketma-ketligi chastotasi f T = 1 , bu yerda T=tu+tn .
    Davriy takrorlanuvchi impuls
    Impuls rejimda tranzistor raqamli qurilmaga xarakterli bo‘lib, katta signal rejimida ishlaydi.
    Kichik signal rejimidan farqli, o‘zgarmas tok bo‘yicha parametri o‘zgarishi 20–30% bo‘lsa, tranzistor katta signal rejimida qirqish rejimidan aktiv sohasidan to‘yingan rejimiga va aksincha o‘tadi. Odatda impuls texnikasida tranzistor ikkita qarama-qarshi holatlarda: qirqish holatida (tranzistor yopiq) va to‘yingan holatda (tranzistor ochiq va to‘yingan).
    Tranzistorni ushbu rejimda uzatish koeffitsienti birdan kichik, ya’ni kuchaytirish xususiyatiga ega bo‘lmaydi.
    Bundan tashqari tranzistorni og‘ir rejim holidan ikkinchisiga va aksincha o‘tkazishda u aktiv holatda bo‘ladi va ulab-uzish (o‘tish holati) bir necha mikrosekundni tashkil etadi. O‘tkinchi (aktiv) holatda tranzistorni uzatish koeffitsienti birdan bir necha barobar katta bo‘ladi.
    Katta signal rejimida tranzistorning tasniflari nochiziqli bo‘lib, qo‘shish prinsipi o‘rinli bo‘lmaydi.
    Katta signal rejimida ishlovchi tranzistorlar sxemasini analizi uchun nochiziqli uslublar qo‘llanadi. Bunday uslublarga quyidagilar kiradi:
    1. Tranzistorni nochiziqli volt-amper tasnifini aproksimatsiyalash. Ushbu uslub aniq, lekin murakkab va mashaqqatli.
    2. Fure qatorlari va integrallariga asoslangan uslub (garmonik tashkil etuvchilarga ajratish). Murakkab va mashaqqatli.
    3. Nochiziqli volt-amper tasniflarni bo‘lakli-chiziqli funksiyalarga approksimatsiyalash uslubi. Ushbu uslub nisbatan sodda, lekin approksimatsiya aniqligi 10–15%.
    Raqamli avtomatik boshqaruv tizimlari tushunchasi. Raqamli boshqaruvning misollari har joyda, iste'mol tovaridan yuqori texnologiyali mahsulotlargacha bo'ladi. Bugungi kunda eng oddiy mashina kompyuteri ham, ham benzin aralashmasining tarkibini va yo'lovchilar bo'linmasidagi haroratni nazorat qilish uchun ishlatiladi. Qabul qiluvchining o'rnatilishi haydovchiga ishonmaydi, biroq mikroprosessor tomonidan boshqariladi.
    Umumiy holda, jismoniy - texnik jarayonlar raqamli nazorat qilish tizimi quyidagi komponentlardan iborat:
    - Kompyuterni nazorat qilish ma'lumot almashish kanallari
    - Sensorlar va IM
    - ARO hamda RAO’
    - Tegishli jismoniy texnik jarayonlar
    Boshqarish obyektini bilgan holda avtomatik boshqarish sistemasini qurish uchun biz qanday maqsadda va qanday usullar bilan obyektni boshqarish, boshqarish sistemasi oldida qo‘yilgan masalalami bilishimiz zarur. Avtomatik boshqarish sistemalari tomonidan hal qilinadigan masalalarni quyidagicha guruhlarga bo’lish mumkin:
    Stabilizatsiya masalasi. Bu holda obyektni xarakterlovchi u yoki bu kattaliklami berilgan aniqlikda ushlab turish zarur.
    Dasturiy boshqarish. Bu holda boshqariladigan kattalikning o‘zgarish qonuni oldindan ma’lum va boshqarish sistemasi operatori tomonidan beriladi.
    O‘zgarish qonuniyati oldindan ma’lum bo‘lgan kattalik o‘zgarishini kuzatish. Bu holda boshqariladigan kattalik berilgan aniqlik bilan oMchanadigan kattalik o‘zgarishlarini aks ettirishi lozim. Bunday boshqarish sistemalari kuzatuvchi sistemalar deyiladi.
    Mustaqil moslashuvchi sistemalar
    Boshqarish obyektining holati boshqariladigan kattalik yoki sistemaning chiqish kattaligi Y bilan xarakterlanadi. Boshqaruvchi qurilma kirishiga Uq ta’sir qo‘yiladi va berilgan ta’sir deyiladi. Ushbu 11 ta’sir chiqish kattaligining talab etilgan qiymati va boshqarish bo‘yicha ko‘zda tutilgan maqsaddan kelib chiqqan holda o‘zgaradi. Buning natijasida BQ chiqishida boshqaruvchi ta’sir X paydo bo‘ladi va BO kirishiga beriladi va shu tariqa boshqarish jarayoni amalga oshiriladi.

    Download 1,29 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 1,29 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Impuls va avtomatik boshqarish sistemalari

    Download 1,29 Mb.