|
Mavzu: Impuls va avtomatik boshqarish sistemalari
|
bet | 4/5 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 1,29 Mb. | | #237173 |
Bog'liq saoda bsst.2 Ba’zi elementlaming chiqish va kirish kattaliklari o'rtasida ko'p qiymatli bog'lanish mavjud. Bunga quruq ishqalanish, gisterezis va boshqalar sabab bo'lishi mumkin. Bunda kattalikning har bir kirish qiymatiga uning bir necha chiqish qiymatlari mos keladi. Sezgirlik chegarasining mavjudligi shu hodisa bilan bog'liq. Kirish kattaligining element chiqishidagi signalini sezilarli darajada o'zgartirish qobiliyatiga ega bo'lgan qiymati sezgirlik chegarasi deyiladi.
Avtomatik tizimlar, elementlar va moslamalaming montaj, sozlash, rostlash, ekspluatatsiya qilish kabi ish jarayonlarini bajarish maqsadida avtomatik sxemalardan foydalaniladi. Avtomatika sxemalari asosiy hujjat hisoblanadi va ular funksional, tarkibiy, prinsipial va montaj sxemalariga bo'linadi.
Funksional sxemalar moslamalami, elementlami, vositalaming o'zaro bog'lanishlarini va harakatlanishlarini ifodalaydi. Elementlar sxemada to'rtburchak shaklida belgilinadi, ulaming orasidagi aloqalar esa strelkali chiziqlar bilan belgilanadi. Yo'nalish chizig'i signalning o'tishini ko'rsatadi
BQ
P
IM
BO
BO’
Avtomatikaning funksional sxemasi
TE
xb
xk
ych
ych
Avtomatik boshqarish tizimlari (ABT) qabul qilayotgan signallar uzluksiz, ya’ni bir tekisda o’zgaradigan - doimiy va diskret, ya’ni sakrash bilan o’zgaradigan bo’lishi mumkin. Signallaming analog, diskret va raqamli turlari mavjud.
ABT va avtomatik nazorat tizimlarining eng muhim texnik vositalari qatoriga datchiklar, kuchaytirgichlar, ijrochi mexanizmlar, mantiqiy elementlar, boshqaruvchi va nazorat qiluvchi asboblar, hisoblash moslamalari kiradi.
Jahon sanoatida avtomatikaning turli xildagi asboblari va boshqa texnik vositalarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Hozirgi kunda ular soni va nomenklaturasini ko’paytirmasdan foydalanishda qulay bo’lishligi uchun barcha turdagi avtomatika vositalari kirish va chiqish kanallari turiga, manba parametriga, gabarit o’lchamlari va konstruktiv bajarilishiga ko’ra unifikatsiya qilingan.
Hozirgi davrda xalq xo’jaligi sohalarini avtomatlashtirish jarayonlarida 3000 dan ortiq fizik kattaliklar va texnologik ko'rsatkichlami nazorat qilish kerak bo’ladi. Qishloq xo'jaligini avtomatlashtirishda barcha nazorat qilinadigan kattaliklar va ko’rsatkichlar asosan, besh guruhga bo’linadi: teploenergetik ko’rsatkichlar; elektroenergetik ko’rsatkichlar; mexanik ko’rsatkichlar; kimyoviy tarkibi va fizikaviy tuzilishi.
Avtomatik nazorat - texnologik jarayonning oxirgi holati haqida operativ ma’lumot olish va uni qayta ishlash uchun xizmat qiladi. Avtomatik nazorat o‘z navbatida avtomatik signalizatsiya, avtomatik о lchash, avtomatik saralash va avtomatik axborotni yig'ishga ajratiladi.
Har xil texnologik jarayonlami avtomatlashtirishda ulaming ko’rsatkichlari haqida ma’lumot olish zarur hisoblanadi. Ushbu maqsadda birlamchi o’zgartirgichlar (yoki datchiklar) keng qo’llaniladi. Datchik deb nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni avtomatika tizimining keyingi elementlarida qo’llash uchun qulay ko’rinishga o’zgartiradigan vositaga aytiladi.
Datchiklami turkumlash tizimlari eng oddiy ko’rinishdan juda murakkabgacha bo’lishi mumkin.
Barcha datchiklami ikkita guruhga ajratish mumkin: passiv va aktiv. Passiv datchiklar qo’shimcha energiya manbasiga muhtoj bo'lmaydi. Bu holda tashqi ta’sir o’zgarishiga javoban uning chiqishida har doim elektr signali paydo bo’ladi. Bunday datchiklarga termojufiliklar, fotodiodlar, pezoelektrik sezgir elementlar misol bo’lishi mumkin. Passiv datchikIaming ko’pchiligi to’g’ri harakatli qurilmalar hisoblanadi.
Bunday datchiklarga:
|
| |