139
zarrachalarining tebranma harakatidir. Elastik to‘lqinlar chastotasi 20 Gs
li bo‘lgan infratovush, chastotasi 20 Gs dan 20 kGs gacha bo‘lgan
tovush, chastotasi 20 kGs dan 1000 MGs gacha bo‘lgan ultratovush
hamda chastotasi 1000 MGs dan ortiq bo‘lgan gipertovushlarga
bo‘linadi. Beton va sopollarni sinashda chastotasi 20 kGs dan 200 kGs
gacha, metall va plastmassalarni sinashda chastotasi 30 kGs dan 10 MGs
gacha bo‘lgan ultratovush tebranishlaridan foydalaniladi.
Amaliyotda
ultratovush
usulidan
foydalanishning
turli
xil
yo‘nalishlari bor. Bular ichida ultratovush impuls usuli, rezonans usuli,
impedans usuli hamda akustika emissiyasi usullari eng ko‘p tarqalgan
usullardan hisoblanadi. Akustik usullar fizikadan ma’lum bo‘lgan
yaxlit
muhitlarda to‘lqin tarqalish qonuniyatlariga asoslanadi. To‘lqinlarning
tarqalish shakli ancha murakkab jarayon hisoblanadi, chunki muhitga
o‘ta tezkor jarayonlar ta’sir etganda turli xil to‘lqinlar paydo bo‘ladi.
Gap qurilish konstruksiyalaridagi nuqsonlar (defekt)ni ultratovush
orqali aniqlash haqida borar ekan, impuls—usul haqida ham to‘xtalib
o‘tishni joiz topdik. Katta o‘lchamli yirik konstruksiyalarni sinashda
to‘lqinlar qarshilikni muhitda so‘nib borishi tufayli ultratovush usuli
yaxshi samara bermaydi. Agar to‘lqin uzunligi kattaroq bo‘lgan
tovushlardan foydalanilsa ma’lum natijaga erishish mumkin. Impuls
usulida konstruksiyaga mexanik zarba beriladi va materialda hosil
bo‘lgan kuchlanish to‘lqinlarning tarqalish qonuniyati tekshiriladi va shu
asosda materialning fizik-mexanik xarakteristikalariga doir kerakli
ma’lumotlar olinadi.
a) beton, g‘isht va boshqa materiallarning sifatini nazorat qiladigan UKB
— 1M asbobi; b) «Kvars — 6» materiallarning qalinlik o‘lchagichi.