-rasm. Nuqson (defekt) ustida magnit maydoni hosil bo‘lish




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/109
Sana19.01.2024
Hajmi3,46 Mb.
#140836
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   109
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

5.3-rasm. Nuqson (defekt) ustida magnit maydoni hosil bo‘lish 
sxemasi. 
 
 
ILOVALAR 
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining loyihalashtirish, 
qurilish, qurilish materiallari va buyumlarining ishlab chiqarish 
sohasida standartlashtirishdagi asosiy vazifalari hisoblanadi: 
O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish sohaviy tizimi doirasida 
qurilishda standartlashtirish sohasidagi siyosatni amalga oshirish; 
qurilish materiallari va buyumlari sohasidagi standartlashtirishda 
xalqaro (davlatlararo) tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikni rivoj-
lantirish; 
qurilish materiallari sohasidagi xalqaro (davlatlararo) texnik 
qo‘mitalar bilan xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni ishlab 
chiqarishda ishtirok etish va ularni respublika hududida qo‘llash; 
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarning, xorijiy mamla-
katlarning milliy standartlarini ilmiy-texnik va huquqiy ekspertizasini 
o‘tkazish; 
O‘zbekiston Respublikasining qurilish sohasidagi mavjud davlat 
standartlarini xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar bilan 
uyg‘unlashtirish; 
loyihalash, qurilish, qurilish materiallari va buyumlari sohasida 
ilmiy-tadqiqotlar olib borish; 
fan va texnika taraqqiyoti darajasiga muvofiq qurilish sohasida 
O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlarini ishlab chiqarish va qayta 
ko‘rib chiqish; 
qurilish sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari, 
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlari va xorijiy davlatlarning 
milliy standartlari fondini shakllantirish va yuritish. 


142 
Bunyodkorlik jarayonida foydalanilayotgan qurilish materiallari, 
xususan metall(armatura) mahsulotlarining sifatli va xavfsiz bo‘lishi eng 
muhim talablardan biri sanaladi. Qurilish me’yorlari va qoidalari 
talablariga muvofiq xo‘jalik va sanoat obyektlari qurilishida xavfsizlikni 
ta’minlash, ishlatilayotgan metall mahsulotlari sifatini, shuningdek, 
metall prokati ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini nazorat qilish 
maqsadida 2020-yil 17-fevralda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori 
qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, 2020-yil 1-iyundan boshlab 
sotilayotgan va ishlab chiqarishda foydalanilayotgan metall prokatining 
har bir to‘piga ishlab chiqaruvchi (import qiluvchi) tomonidan texnik 
jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga 
muvofiqlik 
yuzasidan 
sinovlarning 
ijobiy 
natijalari 
asosida 
rasmiylashtiriladigan sifat to‘g‘risidagi hujjat ilova qilinishi belgilangan. 
Ishlab chiqaruvchilarda tegishli ishlab chiqarish laboratoriyalari mavjud 
bo‘lmagan taqdirda esa metall prokatini boshqa sinov laboratoriyalarida 
sinovdan o‘tkazishga ruxsat berilgan. Shuningdek, induksion pechlardan 
foydalangan holda tayyorlangan qurilish uchun mo‘ljallangan metall 
prokatini ishlab chiqarish va qo‘llash taqiqlangan. Bunday usulda 
tayyorlangan metall mahsulotlardan qurilishdan boshqa maqsadlarda 
foydalanishga ruxsat berilgan. 
Mahsulotlar sifati va raqobatdoshligini oshirish uchun milliy 
standartlarni jahon talablariga moslashtirish hamda korxonalarga joriy 
qilish juda muhim hisoblanadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda 
standartlarning 43 foizi xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashtirilib, 
ularning soni 12 mingtaga yetkazildi. Bunday ishlar natijasida eksport 
imkoniyatlari kengaymoqda. 
Prezidentimiz tomonidan qurilish materiallari sanoatini rivojlan-
tirish, ishlab chiqarish sifatiga e’tibor qaratish hamda korxonalarda 
xalqaro standartlarni joriy etish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda 
«O‘zstandart» agentligiga 24 ta ixtisoslashgan tumanda zamonaviy 
laboratoriyalar tashkil etib, ishlab chiqaruvchilarni xalqaro sifat talablari 
va standartlarga o‘rgatish vazifasi qo‘yilgan edi. 
Berilgan vazifaning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston 
ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi va O‘zbekiston milliy metrologiya 
instituti Samarqand filiallari mutaxassislari viloyatning qurilish mate-
riallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan Paxtachi tumanida bo‘lib, 
ishlab chiqaruvchi korxonalarga xalqaro standartlar asosida mahsulot 


143 
ishlab chiqarish, ularning sifati hamda raqobatbardoshligini ta’minlash 
yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi. 


144 

Download 3,46 Mb.
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   109




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Nuqson (defekt) ustida magnit maydoni hosil bo‘lish

Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish