132
Minglab ishchilar o‘z mahsulotlarini birinchi taqdimdayoq TGB ga
topshirdilar, ko‘p ilg‘or ishchilar o‘zlarining xususiy sifat tamg‘alariga
ega bo‘ldi, yuzlab tsexlar TTB tomonidan doimiy tekshiruvsiz ishlay
boshladi.
Benuqson mehnat tizimini O‘zbekiston korxonalarining ish
amaliyotiga jadal joriy etishning ikki bosqichini ko‘rish mumkin.
Birinchi bosqich sobiq Sredazsovnarxozning 22 iyun 1964 y. №139
“Mahsulot tayyorlashning Saratov metodini joriy etish to‘g‘risida” qarori
bilan, ikkinchi bosqich - respublika korxonalarida
chiqariladigan
mahsulot sifatini oshirish bo‘yicha tadbirlar tizimini joriy etish
to‘g‘risida qaror bilan bog‘liq.
Shunday qilib, benuqson mehnat tizimi dastlabki Saratov variantida
O‘zbekiston sanoatida 1964-yildan boshlab keng ko‘lamda qo‘llana
boshladi. Lekin, ayrim korxonalar BMTni joriy etishga ancha ilgari
tayyorlana boshladi. 1959-yilda Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya
zavodi bo‘yicha buyruq bilan sifatni yaxshilash
va mahsulotni birinchi
taqdimdan toрshirish tizimi joriy etildi. Bu tizimni keyinchalik
takomillashtirish jarayonida to‘plangan tajribani hisobga olgan holda uch
yildan keyin “Mahsulotni benuqson tayyorlash va uni TTB ga va
buyurtmachiga birinchi taqdimdan topshirish to‘g‘risida” nizom
tayyorlandi, BMT to‘rtta tsexning ishida sinab ko‘rildi
va uning
samaradorligiga ishonch hosil qilgach, yangi nizomni butun korxonaga
joriy etildi. Buyumlarni benuqson tayyorlash va chiqarish masalasini
kompleks va samarali hal etishni ta’minlovchi yo‘llarni
izlash
mahsulotni tayyorlash, tekshirishga taqdim etish tartibini va baja-
ruvchilarning mas’ulligini aniq belgilovchi tizimni yaratish zaruriyatiga
olib keldi.
Zavod xodimlarining bir guruhi yetakchi
mutaxassislar boshchi-
ligida MSB KT ishlab chiqildi va muvaffaqiyatli ishladi. Buning uchun
Rubiy I.Ya., Mallin U.R., Frolov YUM., Shubin I.S., Shevchenko II.M.
Kadishev S.I. nomidagi mukofotga sazovor bo‘ldi.
Zavodda yaratilgan va joriy etilgan yuqori sifat, boylikni ko‘pay-
tirish, puxtalikni oshirishni ta’minlash ilmiy-asoslangan tizimi
(YUSBKPOTT) mahsulotni nuqsonsiz tayyorlash vazifasini hal qilishda
yakuniy bosqich va jiddiy qadam bo‘ldi.
Bu tizimni yangi mashinalarni seriyali ishlab chiqarishda qo‘llash
tajribasi uning yuqori samaradorligini ko‘rsatdi.
Tizim mashinalarning
konstruktsiyasini takomillashtirishdan boshlab, ulardan foydalanish
133
texnik darajasini oshirishga bo‘lgan masalalarning keng ko‘lamini
qamraydi.