• Majsulotni benuqson tayyorlash tizimi.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet86/109
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,46 Mb.
    #140836
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   109
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

    Sotish
    Loyihalash
    Tayyorlash 
    Tadqiq
    tahlili
     


    127 
    professor Dj. Djuran fikricha, AQSH firmalari o‘zlarining sifat 
    siyosatida asosiy diqqatni sifatni tekshirishga qaratdi, bu bilan, sifat 
    tafsilotlarini “muzlatib” qo‘ydi, natijada sifat inqiroziga uchradi. 
    Dj. Djuran fikricha, sifatni rejalashtirish sifati ta’minlashdagi uchta 
    muhim omil (rejalashgirish-tekshirish-sifatni oshirish)ning biridir. Bunda 
    sifatni rejalashgirishda iste’molchining fikri asos bo‘ladi - faqat 
    iste’molchi o‘ziga nima kerakligini yaxshi biladi. Dj.Djuranning 
    aytishicha, iste’molchi buyum bilan birga uning ish imkoniyatlarini ham 
    sotib oladi va aynan shu narsa iste’molchi uchun muhimdir. Agar bozor 
    parketni yaltiratuvchi lakni taklif etsa, iste’molchi pol artgich o‘rniga lak 
    sotib oladi. Sifatni rejalashtirishda iste’molchilar doirasini o‘rnatish va 
    ularning ehtiyojini aniqlash va bu asosda buyumning tafsilotlarini ishlab 
    chiqish va bularni ta’minlash usullarini ta’minlash muhim masala 
    bo‘ladi. 
    Dne. Djuran ta’kidlagan ediki, “Bizga sifatni keng rejalashtirish va 
    tekshirishda yagona yondashish yetishmaydi. Biz maqsadlarning birligi 
    zaruriyatini sezmoqdamiz, “ular kim o‘zi uchun’’ bo‘layotgan holat bizni 
    tashvishga solmoqda. 
    Yagona rejalashtirishning yo‘qligiga aniq isbotlar bor va biz bunday 
    holatdan qoniqmaymiz”. 
    Majsulotni benuqson tayyorlash tizimi. 
    Mahsulotni benuqson tayyorlash (MBT) va uni TTB ga yoki 
    buyurtmachiga birinchi taqdimdayoq topshirish Saratov tizimi Saratov 
    samolyotsozlik zavodida 1955-yilda ishlab chiqildi va joriy etildi. Bu 
    tizim zavodda B.A. Dubovikovning bevosita ishtirokida yaratildi. 
    Hisobot pakta smena, hafta, oy ichida mahsulotni birinchi 
    taqdimdayoq topshirish foizi bilan tavsiflanadigan mehnat sifatini 
    baholash tizimi asosida sifat ko‘rsatkichi quyidagicha aniqlanadi: 
    %
    100

    =
    T
    T
    N
    P
    K
    Bunda: 
    P
    T
    -T vaqt ichida birinchi taqdimdayoq TTB qabul qilgan mahsulot 
    miqdori; 
    N
    T
    -T vaqt ichida TTB ga taqdim etilgan mahsulot miqdori. 
    Bunda alohida ishchi, brigada, uchastka, tsexning mehnati sifati 
    baholangan, baho natijasi bo‘yicha mukofot miqdorini aniqlashgan. 
    Saratov tizimini O‘zbekistonning 24 xalq xo‘jaligi tarmoqlari 
    qo‘llagan. Ayniqsa, bu tizim elektrotexnika, elektron va yengil sanoat 


    128 
    korxonalarida samarali ishladi. Masalan, Toshkent radiodetallari 
    zavodida birinchi taqdimdayoq buyumlarning 99,5 foizi, “Toshkent- 
    kabel”, elektron texnika, “Qizil Tong” tikuvchilik firmasida, Olmaliq 
    mebel fabrikasida - 95 foizi TTB ga topshirilgan, Keyinchalik 
    O‘zbekiston korxonalari benuqson mehnat tizimiga o‘tdi. Bu tizim 
    Saratov tizimining “Lvov varianti” nomi bilan ma’lum bo‘lib, Lvov 
    telegraf apparatlari zavodida yaratilgan. 
    BMT da mehnat sifatining asosiy ko‘rsatkichi TTB ga va 
    buyurtmachiga birinchi taqdimda topshirilgan mahsulot foizi emas, balki 
    quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadigan mehnat sifatining umumlash-
    tirilgan mezoni (K
    m0
    ) dan iborat: 
    K
    n
    n
    K
    К
    Kмм



    =
    1
    0
    Bunda: K
    j
    - mehnat sifati koeffitsienti; 
    K
    a
    - mehnat sifati me’yori deb qabul qilingan va odatda birga teng 
    koeffitsient; 
    n - mehnat sifati koeffitsientarni pasaytirishda foydalanadigan 
    ko‘rsatkichlarning umumiy soni; 
    K
    ki 
    - mehnat sifatiga o‘rnatilgan talablarni g - ko‘rsatkich bo‘yicha 
    bo‘lganligi uchun bahoni kamaytirish koeffitsiyenti. 
    Keyinchalik, mamlakatimiz korxonalarida mehnat sifatining umum-
    lashtirilgan koeffitsientini hisoblashda nafaqat ijobiy kamchiliklarni 
    tavsiflovchi ko‘rsatkichlar, boshqа mehnat sifatiga o‘rnatilgan talab-
    lardan ortiq ishda ijobiy natijalarni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar ham 
    hisobga olina boshlandi. 
    Bu holda: 
    K
    n
    i
    K
    m
    m
    K
    K
    К
    Kмм


    =
    =
    +
    +
    =
    1
    1
    0
    Bunda: t - mehnat sifati koeffitsientini oshirishda foydalaniladigan 
    ko‘rsatkichlarning umumiy soni; 
    K
    t
    — mehnat sifatiga o‘rnatilgan talablardan oshganlik uchun 
    bahoni oshirish koeffitsienti. 
    Bunda mehnat sifati koeffitsienti birdan katta bo‘lishi mumkin. 
    Benuqson mehnat uslubiga o‘tish, odatda, ishlab chiqarish-texnik bazani 
    takomillashtirishni talab qiladi. 
    Qo‘qon superfosfat zavodida superfosfatni omborda saqlamasdan 
    yetiltirish yangi texnologik sxemasi joriy etildi, tebranma elak 
    takomillashtirildi, quritish barabanlarining issiqlik rejimini avtomat-


    129 
    lashtirish og‘itlar namligini 3 % dan oshmaydigan qilib chiqarishga 
    imkon berdi. “Toshkentkabel” zavodida asosiy texnologik, tekshirish 
    o‘lchash va sinash uskunalari tartibga tushirildi, MARS-200 turdagi 
    issiqlik rejimlarini avtomatik rostlash mashinalari ishga tushirildi va h.k. 
    Yengil sanoat korxonalarida ham ishlab chiqarish bazasi takomil-
    lashtirildi. 
    Tizim ishlagan sharoitlarda tekshirish, hisobga olish, tahlil, kadrlar 
    tayyorlash tizimlari qayta tashkillashtirildi va takomillashtirildi. Sifat 
    maktablari, sifat kunlari keng ko‘lamda yoyildi. 
    Saratov tizimi keyinchalik mahsulot sifatini boshqarish kompleks 
    tizimiga tarkibiy qism sifatida kiritildi. 

    Download 3,46 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   109




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi

    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish