Sifatni tekshirishdan sifat tizimlariga o‘tish




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/109
Sana19.01.2024
Hajmi3,46 Mb.
#140836
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   109
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

Sifatni tekshirishdan sifat tizimlariga o‘tish. 
AQSH da sifatni tekshirish to‘g‘risida eng ilk ma’lumotlar 1924- 
yilga oid bo‘lgan. Bunda “Bell telefon” kompaniyasining labora-
toriyasida doktor V. A. Shyuxart sanoat mahsulotining sifatini tahlil 
qilish uchun statistik tekshirish kartasini birinchi bo‘lib qo‘lladi. 1931 y. 
da V.A. Shyuxart “Sanoat mahsulotini sifatini iqtisodiy tekshirish” nomli 
kitobini nashr etdi. Bu kitobda sifatni tekshirishning iqtisodiy manbalari 
ko‘rib chiqilgan. 
E. Deming oddiy statistik metodlarning nazariy asoslarini va E. 
Deming, Dj. Djuran jarayonni statistik tekshirish nazariy asoslari ustida 
ish olib borgan. 


126 
Sifatni yaxshilash bo‘yicha ishlar navbatini grafik usulda 
tasvirlashga urinishlar bo‘lgan. 1950 y. da statistik metodlar bo‘yicha 
amerika olimi va mutaxassisi E. Deming yapon mutaxassislari uchun 
o‘tkazgan seminarida sifat tizimining modelini umumiy ko‘rinishda 
namoyish qildi (4.2-rasm). 
 
Mahsulot sifatiga oid Fikrlar Mahsulot sifati uchun mas’ullik 
hissiyoti 
4.2-rasm. Sifat tizimining birinchi modeli. 
E. Deming o‘z modelini quyidagicha tavsiflagan: “Bu diagramma, 
menimcha, tushunish uchun juda oddiy, men uni to‘rt sektorga ajratilgan 
“g‘ildirak” ko‘rinishida yozdim. G‘ildirak “mahsulot sifatiga oid fikrlar” 
va “mahsulot sifati uchun mas’ullik sezgisi chizig‘i bo‘ylab g‘ildiraydi. 
Eng muhimi shundaki, g‘ildirakning barcha to‘rt cheti bir-biri bilan 
bevosita bog‘langan bo‘lib, uning boshi va oxiri yo‘q. Aynan shu sababli 
ham men doyira yasadim”. 
Seminarda keltirilgan sifatni boshqarish tizimi tamoyili va fikriga 
minnatdorchilik uchun Yapoiiyada Deming nomidagi milliy mukofot 
ta’sis etildi. Yapon mutaxassislari birinchi modelda mahsulot sifatini 
yaxshilash bo‘yicha ishlarni tashkillashtirishga tizimli yondashish 
g‘oyasini ko‘rdi, ta’kidladi va o‘z faoliyatlarida ishlab chiqib, foydalana 
boshladi. AQSHda ham shunday mukofot - Malkolm Boldridj nomidagi 
milliy mukofot, Sifat bo‘yicha Yevropa mukofoti, Rossiya Federatsiyasi 
Hukumatining mukofoti ta’sis etildi va b. 
O‘tgan asrning 80-yillarida sifatni rejalashtirish, sifatni oshirish 
bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish masalalariga katta e’tibor berila 
boshlandi. AQSHning sifatni boshqarish bo‘yicha mashhur mutaxassisi 

Download 3,46 Mb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   109




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sifatni tekshirishdan sifat tizimlariga o‘tish

Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish