• Evolyutsiya
  • Sifatni boshqarish tizimi




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet87/109
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,46 Mb.
    #140836
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   109
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

    Sifatni boshqarish tizimi. 
    A. Feygenbaum zamonaviy ishlab chiqarish va iste’mol sharoitlarida 
    “sifat” tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar doirasini quyidagicha 
    ifodalaydi: “Chiqarilayotgan mahsulot assortimenti muttasil kengaya-
    yotgan sharoitlarda iste’molchi, ya’ni uy bekasi bo‘ladimi, yoki sanoat 
    korporatsiyasi, universal do‘konlar tarmog‘i yoki vazirligimi, mahsulotni 
    sotib olishning maqsadga muvofiqligini sifatga qarab aniqlaydi. 
    Mahsulot sifatini boshqarish kompleks tizimlari puxta ishlab chiqilgan 
    va samarali ishlaganda firmaning rentabelligini va katta foyda ko‘rishini 
    ta’minlaydi. Sifatni boshqarish tizimini joriy qilish natijasida korpo-
    ratsiyalar chiqariladigan mahsulot hajmini kattalashtirmoqda, mehnat 
    unumdorligining oshishiga erishmoqdalar, sifatga xarajatlarni jiddiy 
    kamaytirish va raqobatbardoshlikni oshirishni ta’minlamoqda”. 
    Demak, “Sifat mohiyati tashkilashtirishni boshqarish samaradorli-
    gining ko‘rsatkichidan iborat".
    A. Feygenbaumning aniqlashicha, sifatni boshqarish evolyutsiyasi 
    XX asrga hos hususiyat bo‘ldi. Bunda sifatni boshqarishga yondashishda 
    asosiy o‘zgarishlar taxminan har 20 yilda sodir bo‘ldi (4.3-rasm). A.V. 
    Glichevning fikricha, A. Feygenbaum sifatni boshqarish shakllari va 
    metodlarining izchillik bilan integratsiyalanishi umumiy tamoyilini 
    to‘g‘ri belgilagan. Sifat tizimlari bo‘yicha ba’zi mutaxassislarda, sifatni 
    boshqarishning yangi metodining paydo bo‘lishi ilgarigi shakllar va 
    metodlarni yo‘qqa chiqaradi, degan fikr bo‘lgan. Masalan, bizning 
    mamlakatimizda ham shunday fikr bo‘lganki, MSB KT mahsulotni 
    benuqson tayyorlash va uni birinchi taqdimdayoq topshirishni yo‘qqa 
    chiqaradi. Shunga qaramay, mahsulotni benuqson tayyorlash MSB 
    KTning ajralmas elementidir. 


    130 
    Evolyutsiya 
    Yillar 
    1900 Sifatni individual tekshirish, 1920 Sifatni tekshiruvi, 1930 
    Mahsulotni qabul qilishda sifatni, 1960 Sifatni statistik tekshirish, 1980 
    Sifatni kompleks boshqarish. 

    Download 3,46 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   109




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish