118
rilayotgan mahsulotlarning sifatini yaxshilash,
ularni raqobatbardoshlik
qobiliyatini oshirish uchun muntazam ravishda sinovlardan o‘tkazish
ehtiyoji ortib bormoqda. Sinovlarni ko‘pincha uchinchi tomon deb
ataluvchi shaxs yoki tashkilot amalga oshiradi. U ko‘riladigan masalada
qatnashayotgan tomonlar odatda ta’minlovchining (birinchi tomon) va
xaridorning (ikkinchi tomon) manfaatlarini himoya qilib, mutlaqo
mustaqil ravishda ish ko‘radilar. Uchinchi
tomon tarafidan qilinadigan
sertifikatlashtirish
ishlab
chiqaruvchilarning
ishonchiga
sazovor
bo‘lmoqda va shu sababli bunday yo‘l keng qo‘llanilib, salmoqli
ravishda tarqalmoqda. Turli mamlakatlarda uchinchi tomon tarafidan
bajarilayotgan sertifikatlashtirish tizimini tashkil etish amalda shuni
ko‘rsatmoqdaki, uni turlicha tashkil qilish mumkin ekan: ishlab
chiqaruvchi uyushmalari, yirik iste’molchilar, standartlashtirish milliy
tashkilotlari tomonidan, masalan, Fransiya va Angliyada 60-yillar
boshida iste’molchilar tomonidan harbiy
maqsadlar uchun elektronika
mahsulotlarini sertifikatlashtirish tizimi yaratildi.
Ayrim olingan mamlakat miqyosida yaratilgan milliy tizimlar
majburiy bo‘lgan standartlar doirasini qamrab oladi. Masalan: birinchilar
qatorida milliy miqyosda qimmatbaho toshlarni sertifikatlashtirish
tizimlari qo‘llanilgan. Sertifikatlashtirish tushunchasi keng ma’noda
uchinchi tomon tarafidan o‘tkaziladigan texnikaviy me’yorga, ish
uslubiga, qoidaga muvofiqligini qamrab olgan har qanday tekshiruvdir.
Shuning uchun sertifikatlashtirishni tekshiruv deb hisoblab,
bosim
ostidagi idishlarni portlash xavfidan himoyalangan qurilmalarning, atom
reaktorlarining va tog‘ texnikasining ishlatishdagi xavfsizligini
ta’minlash uchun texnikaviy nazorat o‘rgatuvchi idoralar shartli
tekshiruvni amalga oshiradi.