• Birinchi sxema
  • Ikkinchi sxema
  • Uchinchi sxema.
  • Sertifikatlashtirish sxemalari




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet78/109
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,46 Mb.
    #140836
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   109
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

    4.4. Sertifikatlashtirish sxemalari. 
     
    Sertifikatlashtirish bo‘yicha ISO tarkibidagi 
    qo‘mita tomonidan tayyorlangan hujjatda uchinchi 
    tomon tarafiga oshiriladigan sertifikatlashtirishning 
    sakkizta sxemasi berilgan bo‘lib, respublikamizda 
    ham aynan shu 8 ta sxema tatbiq etilgan. 
    Birinchi sxema. Bu sxema bilan faqat mah-
    sulot namunalari turlarini standartlar talablariga 
    muvofiqligini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan 


    119 
    o‘tkaziladi. Bu xildagi sertifikatlashtirishda sinovga taqdim etilgan 
    namunani belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlanadi, xolos. Bu yo‘l 
    o‘zining soddaligi va unga ko‘p xarajat talab qilmasligi tufayli milliy va 
    xalqaro savdo munosabatlarida muayyan darajada tarqalgan. 
    Ikkinchi sxema. Bu sxemada mahsulotning namuna turlarini 
    maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra 
    uning sifatini savdo shaxobchalaridan vaqti-vaqti bilan olinadigan 
    namunalar asosida nazorat qilib boriladi. Bu usul taqdim etilgan 
    namunalar sifatini baholash bilan seriyali chiqayotgan mahsulotning 
    sifatini ham baholash imkonini beradi. Usulning afzalligi uning 
    soddaligidadir. Uning kamchiligiga esa nazorat sinovlar natijasiga qarab, 
    agar mahsulot standart talablariga nomuvofiqligi aniqlanilsa, baribir uni 
    savdo shaxobchalaridan chiqarib tashlash mumkin bo‘lmaydi, yoki uni 
    chiqarib tashlash uchun birmuncha qiyinchiliklar tug‘iladi.
    Uchinchi sxema. Mahsulot namunalarining turlarini maxsus 
    tasdiqlangan sinov tashkilotlarida o‘tkazish, so‘ngra sotuvchi yoki 
    iste’molchiga yubormasdan turib vaqti-vaqti bilan namunalarning 
    tekshiruvini nazorat qilishga asoslanadi. Ikkinchi sxemadan farqlanuvchi 
    tomoni shuki, mahsulot savdo shaxobchalariga tushmasdan turib, sinov 
    nazorati o‘tkaziladi va standartga nomuvofiqligi aniqlansa, mahsulotning 
    iste’molchiga jo‘natilishi to‘xtatiladi. 

    Download 3,46 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   109




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish