• Umumtexnik standartlar kompleks tizimlari.
  • Ilgarilab standartlashtirish




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet65/109
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,46 Mb.
    #140836
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   109
    Bog'liq
    20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

    Ilgarilab standartlashtirish. Ilgarilab standartlashtirish deganda, 
    standartlarni ishlab chiqish davrida, standartlashtirish obyektlariga 
    rejalashtirilgan kelgusida oqilona bo‘lishi kutilayotgan va shu kunga 
    erishilgan saviyadan balandroq bo‘lgan me’yorlar va talablarni kiritish 
    tushuniladi. 
    Ilgarilab standartlashtirishni asosiy obyektlari qilib texnik nuqtai 
    nazaridan o‘zgarmas, iqtisodiy samarali va ist’emolchilar tomonidan 
    barqaror talab qilinib to‘rgan takomillashtirilayotgan mahsulotlar olinadi. 
    Ilgarilanish to‘liq mahsulotga yoki uni eng muhim parametrlari va sifat 
    ko‘rsatkichlariga, ishlab chiqarish usullari va vositalariga va x.k. 
    qaratilgan bo‘lishi mumkin. Ilgarilovchi standartlar boshqa sohalarda 
    yoki boshqa davlatlarda tatbiq qilingan namunalarga asoslanishi 
    mumkin.
    Standartlashtirish fan va texnikadagi kashfiyotlardan oldin bo‘la ol-
    maydi, lekin ularga asoslanib, sanoatga tatbiq qilish jarayonini tezlash-
    tirishi kerak. Shu sababli ilgarilab standartlashtirish jarayoni ko‘p 
    hollarda ilmiy tekshirish va tajriba – konstruktorlik ishlari bilan parallel 
    olib borilishi kerak. 
    Umuman kompleks va ilgarilab standartlashtirishni maqsadi - bu 
    max-sulot sifatining oqilona saviyasini ta’minlash va vaqt davomida 
    saqlab turish. 
    Umumtexnik standartlar kompleks tizimlari. 
    Sifat masalasi sohalararo muammosi bo‘lgani sababli yirik kompleks 
    soxalararo standartlar tizimlarini yaratish katta samaraga olib kelishi 
    mumkin. Bunday tizimlar korxonalar kooperatsiyasini soddalashtiradi, 
    mahsulotni ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi. 
    Bunday standartlar tizimi misoli sifatida mashinalarni seriyalab 
    ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash yagona 
    tizimini keltirish mumkin (IChTTYaT). Bu tizim bo‘yicha ishlab 
    chiqarishni texnologik tayyorlashni boshqarish va tashkil qilish, 


    94 
    progressiv namunaviy texnologik jarayonlarni, standart texnologik 
    jihozlar va dastgohlarni, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni keng 
    qo‘llashga asoslangan. 
    O‘z navbatida IChTTYaT konstruktorlikhujjatlar yagona tizimi 
    (KXYaT), texnologikhujjatlar yagona tizimi (TXYaT) kabi standartlar 
    kompleks tizimlarini o‘z ichiga oladi.
    TXYaT yordamida texnologik hujjatlarni ishlab chiqish, rasmiy-
    lashtirish va foydalanish o‘zaro bog‘liq qoidalari kiritilgan. Kons-
    truktorlik hujjatlarga xuddi shunday qoidalar KXYaT bilan kiritilgan. 
    To‘plangan ma’lumotlar bo‘yicha IChTTYaT ni tatbiq qilinishi ish 
    unumdorligini ko‘zlab ishlab chiqarishda 10-15% ga, mayda seriyalab va 
    seriyalab ishlab chiqarishlarda 30-35% ga oshiradi, yangi mahsulotlarni 
    ishlab chiqarilishini tayyorlash va o‘zlashtirish muddatini 2-2,5 martaga 
    qisqartiradi. 

    Download 3,46 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   109




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish