Unifikatsiya, agregatlashtirish, maxsuslashtirish




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/109
Sana19.01.2024
Hajmi3,46 Mb.
#140836
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   109
Bog'liq
20.Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari

 
3.5. Unifikatsiya, agregatlashtirish, maxsuslashtirish. 
Keng 
ravishda 
mexanizatsiyalashgan 
va 
avtomatlashtirilgan 
jarayonlarni joriy qilish bilan texnik taraqqiyotni tezlashtirish ko‘pincha 
mahsulot ko‘lab ishlab chiqarilganda mumkin bo‘ladi. Mahsulot 
miqdorini 
ko‘paytirishga 
esa 
obyektlarni 
unifikatsiyalash 
va 
standartlashtirish hisobiga erishilish mumkin. 
Unifikatsiya, yani masulotlarni shakli, normalari va xilo‘lchamlari 
bo‘yicha 
birxillikka 
keltirish, 
mahsulotlar 
partiyasi 
mikdorini 
oshirishning kuchli omilidir. Bir xil vazifali obyektlar turlarini, xillarini 
va o‘lchamlari turlarini unifikatsiya yordamida ratsional ravishda 
kisqartirish mahsulotlarni konstruktiv variantlarini ishlash xususiyatlarini 
o‘rganish va taxlil qilish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin (masalan 
muftalar, variatorlar , podshipniklar va x.k.). Turli variantlarni taqqoslash 
natijasida bir sonli mahsulotlarni bir yoki bir nechta turi ishlab chiqilib, 
bu mahsulotlar uchun o‘lchamlar qatori kiritiladi, masalan sanoat 
talablarini to‘liq qondira oladigan podshipniklar diametrlarining qatori. 
Ko‘plab ishlab chiqariladigan mahsulotlarni unifikatsiyasi (boltlar, 
podshipniklar), odatda standartlarni ishlab chiqish va ba’zan 
maxsuslashgan ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan yakunlandi. 
Unifikatsiya natijasida kelib chiqadigan mahsulotlarni ishlatish 
doirasini cheklanishi agregatlashtirish hisobiga to‘g‘rilanishi mumkin. 
Agregatlashtirish - bu turli kombinatsiyalarda yig‘ish mumkin bo‘lgan 
unifikatsiyalashgan standart agregatlardan (avtonom o‘zellardan) 
mashina va priborlar yaratish tamoyili. 
Unifikatsiya 
va 
agregatlashtirishni 
tadbiq 
qilish 
natijasida 
asoslanmagan darajadagi original va qimmatbaho mahsulotlarni ishlab 
chiqishdan sinovlardan o‘tgan unifikatsiyalashtirilgan agregatalar asosida 
ko‘rilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga o‘tish mumkin. Oqibatda 


92 
yangi texnikani loyihalash va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish 
muddatlari 4 - 6 yildan 1,5 - 2 yilgacha, tannarxi esa 25-30% qisqaradi. 
Agregatlashtirish mahsulotlarni ekspluatatsiyasini soddalashtiradi, 
metall sarfini va ta’mirlash sarfini kamaytiradi. Xozirgi vaqtda 
agregatlashtirish tamoyili metall kesish dastgohlari va avtomatik qatorlar 
yaratilishida keng qo‘llaniladi.
Agregatlashtirishni qo‘llashni yaqqol misoli - bu universal yig‘ma 
moslamalar tizimi. Unifikatsiya va agregatlashtirish ishlab chiqarishlarni 
maxsuslashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bunda ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar nomenklaturasini qisqartirish va partiyalar xajmini oshirish 
hisobiga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun keng 
imkoniyatlar ochiladi. 

Download 3,46 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   109




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Unifikatsiya, agregatlashtirish, maxsuslashtirish

Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish