|
O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligi
|
bet | 11/26 | Sana | 14.09.2024 | Hajmi | 5,98 Mb. | | #271107 |
Bog'liq TBICHJ metodichka6-TAJRIBA MASHG’ULOTI
GAZLAMALARNI SURISH MEXANIZMINI BО‘LAKLARGA AJRATISH
Ishni bajarishdan maqsad: Keng imkoniyatli tikuv mashinalarini gazlama surish mexanizmlari, texnologik jarayonlarini o’rganish
Kerakli asbob-uskunalar: ushbu ishni bajarishda tikuv mashinasining asosiy ishchiorganlari, chizg‘ich, qalam, о‘chirgichva12 format qog‘ozi kerak bо‘ladi.
Tishli reyka gazlamani bir baxya uzunlikka surish vazifasini bajaradi. Gazlamani surish mexanizmi baxyaqator yirikligini sozlash, gazlama surilish yunalishini o’zgartirish qurilmalaridan tuzilgan. Gazlama surilishi tishli reyka va tepki ishtirokida amalga oshiriladi. Ba`zi tikuv mashinalarida gazlama surilish jarayonida ikki, uch yoki to’rttadan iborat ishchi organlari qatnashadi (5-rasm).
Trikotaj mashsulotlarini tikishda ikki tishli reykali differentsial mexanizm qo’llaniladi. Bunda igna 2 (5-rasm, a) yuqorigi sholatini egallaganda ustki va ostki materiallar 4 va 5 tepki 1 ning ostiga o’rnatilgan tishli reyka 3 shamda ostki reyka 6 yordamida suriladi. Ba`zi shollarda material bilan tepki 1 va tishli reyka 6 orasida ishkalanish koeffitsienti shar xil bo’lishi natijasida gazlamaning ustki 4 va ostki 5 qatlamlarining bir-biriga nisbatan siljishi sodir bo’ladi. Bu shol materialga nisbatan ipning qalinligi to’g’ri tanlanmaganidan kelib chikishi mumkin (5-rasm, b). Ana shunday siljishlarni bartaraf etish maqsadida igna 2 ga sham mashina platformasiga nisbatan ogma sharakat berilgan. Gazlama qatlamlari siljishlarini yo’qotish uchun ustki va ostki tishli reykalar qo’llanilgan tikuv mashinalari sham mavjud. CHarm mashsulotlarini va zich materiallarni tikuvchi mashinalarda surilish jarayoni roliklar va tishli reyka ishtirokida ta`minlanadi.
|
6-rasm. Baxya uzunligi yunalishi bo’yicha buylama tebranma sharakatlanuvchan igna va tishli reyka ishtirokida gazlama surilishi.
1-tepki, 2-igna, 3-tepki asosi, 4-ustki material,
5-ostki material, 6-tishli reyka.
|
|
Buyumni surish mexanizmi
Bu mexanizm (Rasm 6.1) tishli reyka tipida bo’lib, u igna plastinasini yuqоrisida jоylashgan.
Bоsh valning chap tarafida 27 ekstsentrik jоylashgan bo’lib, uni 28 richagni оrqa bоshi g’amrab turadi. Richagda 29 o’yiq qism bo’lib, unga 31 оsmani 30 barmоg’i kirib turadi. Оsma 32 vint yordamida mashina kоrpusiga maxkamlangan.
6.1-rasm 28 richagning оld qismiga 33 vint yordamida 34 tishli reyka maxkmlangan. Ekstsentrik 27 va 29 o’yiq yordamida bоsh valni aylanma xarakati tishli reykani elliptik traektоriya bo’ylab xarakat qilishiga sabab bo’ladi.
Sоzlash:
Chоkning uzunligi, ya`ni buyumni surish qadami 27 ekstsentrikni ekstsentrisisetini o’zgartirish yo’li bilan rоstlanadi.
NAZORAT SAVOLLARI
Gazlama surish mexanizmining vazifasi?
Gazlama surish mexanizmining fizik xossalari?
Gazlama surish mexanizmida sozlashlar?
3-tartibli sistemalar qanday mexanizmlardan tashkil topgan?
|
| |