|
Individual moylash qurilmalari
|
bet | 19/26 | Sana | 14.09.2024 | Hajmi | 5,98 Mb. | | #271107 |
Bog'liq TBICHJ metodichkaIndividual moylash qurilmalari. Bunday qurilmalarga rezervuari (idishi) bor moydonlar misol bо‘la oladi. Uning pastki qismida kigiz yoki jun ipdan qilingan tiqini bor. Tiqin moylanadigan joylarga chang tushishiga yо‘l qо‘ymaydi. Tiqin qalinligi vaqt birligi ichida moylanadigan joylarga ma’lum miqdorda uzluksiz ishlaydigan moydonning yana bir turi — pilik moydondir. Undan tegishli miqdordagi moy pilik orqali moylar joyiga kelib turadi. Pilikda moy iflosliklardan ham tozalanadi. Pilik uni moylanadigan joyga qaratilgan uchi hamma vaqt moydonninn rezervuari ichida turadigan uchidan pastroqda joylashadi. Pilik orqali keladigan moyning miqdori pilikning qalinligiga va uning moydon kanaliga qancha zich о‘rnatilganligiga bog‘liq. Pilik moydon kanali qancha zich о‘rnatilgan bо‘lsa, undan shuncha kam moy о‘tadi.
Pilik jun ipdan yasaladi va ingichka yumshoq simdan qilingan sirtmoqqa mahkamlanadi. Ana shu sirtmoq hamda «mо‘ylovlar yordamida pilik moydonning kanaliga tegishli chuqurlikda tiqili qо‘yiladi. Kirlangan pilik almashtirib turiladi.
Moylanadigan joylarga aniq miqdorda moy kelib turishi zann bо‘lganda (masalan, tikuv mashinalarining bosh vallarini moylasli uchun) tomizuvchi moydonlardan foydalaniladi. Ularda moy I a nadigan joyga yetkazib berib turiladigan moy miqdori gaykam burash yо‘li bilan rostlanadi. Moylanadigan ish sirtlariga moy teshil orqali boradi. Bu teshikning kesimi bekituvchi ignaning vaziyatiga qarab kattalashadi yoki kichrayadi. Gaykani buraganda unga bog‘langan igna kо‘tariladi yoki pastroq tushadi. Moydon orqali kelayotgan moyning miqdori haqida moydonning pastki qismidagi kuzatish tuynugidan kо‘rinib turadigan tomchilarning qanchalik tez tomib turishiga qarab fikr yuritish mumkin. Moydon rezer vuarida 1/3 qism moy qolganda moydondan kelayotgan moy miqdori kamaya boshlaydi.
Moylanadigan joyga quyuq moyni, masalan, tavotni yetkazib berib turish uchun qopqoqli moydon yoki tavotdondan foydalaniladi.
Qopqoq buralganda tavotdondagi bosim oshadi, bu bosim ta’sirida quyuq moy moylanadigan sirtlarga siqib chiqariladi.
Mashina va mexanizmlarning kо‘pchilik tishli g‘ildiraklari moy vannasi ichida ishlaydi. Bunday sharoitda moy sathi konstruksiyasi jihatidan xilma-xil bо‘lgan moykо‘rsatkichlar orqali kuzatib turiladi, masalan, reduktorlar.
Mashina va mexanizmlarda tutash idishlar prinsipiga asoslangan naychali moy kо‘rsatkichlar ham keng qо‘llaniladi. Bu xildagi kо‘rsatkichlar shisha naychasining uzunligi 75,1 va 150 mm qilib chiqariladi. Bunday naychali moy kо‘rsatkichlar mashina gabaritini kattalashtiradi. Bundan tashqari, ular mashinadan foydalanish jarayonida kо‘p buzilib turadi, ularning kamchiligi ham shundadir. Moylanadigan uzelga joylangan fonar kо‘rinishidagi
|
| |