• 11-TAJRIBA ISHI MOYLASH MATERIALLARI VA ULARNI TANLASH
  • O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligi




    Download 5,98 Mb.
    bet18/26
    Sana14.09.2024
    Hajmi5,98 Mb.
    #271107
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
    Bog'liq
    TBICHJ metodichka

    ISHNI BAJARISH TARTIBI
    1. 1022 kl-A klass mashinasi naychasini о‘rganiladi.
    2. 97-A klass mashinasi naychasini о‘rnatilishi.
    3. Barcha qilingan ishlar hisobotga kiritiladi.
    NAZORAT SAVOLLARI

    1. Moki qurilmalarining qanday turlari mavjud?

    2. Moki qurilmalari qaysi tikuv mashinalarida qanday bо‘ladi?

    3. Moki qurilmasining qanday sozlanadi?

    4. Moki qurilmasi qanday tozalanadi va moylanadi?



    11-TAJRIBA ISHI
    MOYLASH MATERIALLARI VA ULARNI TANLASH
    Ishni bajarishdan maqsad; tikuv va trikotaj mashinalarini moylashni о‘rganish

    Kerakli asbob-uskunalar: ushbu ishni bajarishda tikuv mashinasining asosiy ishchi organlari, moy, chizg‘ich, qalam, о‘chirgich va A3 format qog‘ozi kerak bо‘ladi.


    Individual va markazlashgan tarzda moylaydigan qurilmalar bо‘ladi. Individual moylash qurilmalari guruhiga konstruksiyaviy jihatidan xilma-xil moydonlar kiradi. Bunday moydonlardan foydalanilganda mashina va dastgohlarga qarash uchun kо‘p vaqt sarflanadi. Mashina va mexanizmlarning moylanadigan qismlari kо‘p va bir-biridan uzoq joylashgan bо‘lsa, bu hol ayniqsa, yaqqol seziladi.
    Markazlashgan usulda mashina va mexanizmlarni moylash nasos yordamida — dastaki yoki avtomat tarzda bajariladi. Moy о‘tkazuvcli naychalar (moy yо‘llari) orqali moy bevosita ishqalanuvchi sirtlarga yoki markaziy taqsimlagichga — moy tо‘plagichga uzatiladi. U yerdan moy moylanadigan joylarga о‘zi oqib tushadi. Markazlashgan moylash sistemasi individual moylash sistemasiga qaraganda takomillashgan usuldir, chunki bunda mexanizmlar yaxshiroq moylanadi, ayni vaqtda, mashinalarga qarash uchun kam vaqt sarflanadi.
    Quyida yuqori tezlikda ishlaydigan tikuv mashinalarida qо‘llaniladigan majburiy avtomatik moylash sistemasini kо‘rib chiqamiz.
    Moyni ishqalanadigan detallar yuzasiga avtomatik tarzda yetkazib berish uchun parrakli (shiberli) nasos 10 dan foydalaniladi. Nasos 10 ning korpusi burchaklik 8 orqali mashina platformasiga past tomondan mahkamlangan. Nasosning parraklarini taqsimlash vali chervyakli uzatma orqali aylantiriladi. Moy nasos yordamida taqsimlovchi plastmassa naychalar orqali haydaladi va moyli karterga tushirilgan filtr 12 dan о‘tib, naycha (moy о‘tkazgich) 11 bо‘ylab suriladi. Bu karter olinadigan boiib, mashina platformasi tagidagi kovakchaga joylangan. Nasos 70 ning ichi ikkita boshliqdan iborat. Bulardan biri moy haydaydigan (ostki) bо‘shliq, ikkinchisi esa sо‘ruvchi (ustki) bо‘shliq. Ikkinchi bо‘shliq old qismdagi ostki bо‘shliqda yig‘ilib qolgan moyni sо‘rib olish uchun xizmat qiladi. Naycha 19 nasos 10 ning sо‘rib oladigan bо‘shlig‘i va naycha 9 orqali karterga tutashgan. Nasos 10 ning haydovchi bо‘shlig‘idan naycha 6 orqali mashina tanasining teshigiga о‘rnatilgan naycha 3 ga moy yuboriladi. Moy oqimi naycha 3 dan kalibrlangan teshik orqali о‘tib, shaffof qalpoqchaga uriladi. Bu tikuvchiga moy sistemasi qanday ishlayotganini nazorat qilib turish imkonini beradi. Sо‘ngra moy vtulka 4 orqali pastga oqib, sharikli podshipnik va krivoship barmog‘i 1 ga kiydirilgan ignali podshipnik tutashmalarini moylaydi. Ortiqcha moy vtulka 4 dan naycha 5 bо‘ylab karterga tushadi. Bundan tashqari, moy vtulka 4 ning ostki teshigi orqali oqib, naycha 7 ning piligiga shimiladi va asosiy valning о‘ng tomonidagi sharikli podshipnikka keladi. Naycha 8 bо‘ylab haydalgan moy vtulka 17 ga о‘tib, uning taqsimlash vali bilan tutashgan joylarini va ekssentriklar 13 ga о‘tib, ularning shatun kallagi bilan tutashgan joylarini moylaydi. Naycha 14 bо‘ylab moy vtulka 15 ga tushadi, natijada moki valining shu val ichki vtulkalari bilan tutashgan joylari hamda moki pazining naychatutqich belbog‘i bilan tutashgan joylari moylanadi. Ma’lumki, 97KL mashinasi shesternyasining о‘z karteri bor, shesternya 16 da esa karter boimaydi.
    Tikuvchi moy sistemasining qanday ishlayotganini shaffof qalpoqcha 2 orqali nazorat qilib turishi, karterda moy kamayganda unga moy quyib turishi kerak.
    Mashinani moylash uchun industrial I-12A va I-20A moyini ishlatish tavsiya etiladi.

    Download 5,98 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




    Download 5,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligi

    Download 5,98 Mb.