|
O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligi
|
bet | 15/26 | Sana | 14.09.2024 | Hajmi | 5,98 Mb. | | #271107 |
Bog'liq TBICHJ metodichkaIshning tartibi
1. Pichoq mexanizmi ish jarayoni bilan tanishish.
2. Pichoq mexanizmi fazoviy va tekislikdagi ko’rinishini tasvirlash.
Kerakli asbob-uskunalar: ushbu ishni bajarishda tikuv mashinasining asosiy ishchi organlari, chizg‘ich, qalam, о‘chirgichva12 format qog‘ozi kerak bо‘ladi.
Kesishda qo’zg’aluvchan pichoq o’tkirlanishining ishchi burchagi konstruktiv burchagidan kichikdir. Buning natijasida kesish kuchi kamayadi, qirqim sifati oshadi va mashinada ishlash sharoitlari osonlashadi. Berilgan t vaqt ichida material pichoqqa V1 tezlik bilan uzatilganda va pichoq V2 tezlik bilan harakatlanganda materialning A nuqtasi pichoqqa nisbatan S2 nuqtaga siljiydi (9.1-rasm, a). Pichoq tig’ining ishchi va konsturktiv burchaklari yarmini mos ravishda 2 va 1 bilan belgilaymiz, bo’ladi. Unda
;
;
;
.
Burchak 2 ning jadal o’zgarishi K<30 bo’lganda kuzatiladi (9.1-rasm, b).
Materialga qo’yilgan to’liq kesish kuchining yo’nalishini, birinchi yaqinlashishda materialga nisbatan pichoqning harakat tezligi yo’nalishi bilan mos keladi deb hisoblash mumkin. Unda to’liq kesish kuchi
,
bu erda:
Fo – tig’ning harakatiga qarshilik;
N – materialning pichoqqa bosim kuchi;
f1 – materialning pichoqdan ishqalanish koeffitsienti;
– materialning pichoqdan ishqalanish kuchi.
Koeffitsient k oshishi bilan kuch Fn kamayib boradi, chunki 2 burchak kichiklashadi, materialni kesish uchun zarur bo’lgan ish esa uncha katta bo’lmagan qiymatda o’zgaradi. Kesish kuchlarining tashkil etuvchilari Fx, Fy va material harakatiga bo’lgan qarshilik Q quyidagicha yozilishi mumkin:
bu erda:
f2 – materialning stoldan ishqalanish koeffitsienti;
Gm – material og’irligi.
tg=k bo’lganligi sababli quyidagilarni topamiz:
Koeffitsient k o’sganda Fx va Q kuchlar 2 ga nisbatan jadalroq kamayadi (chunki Fn kuch kamayadi), Fy kuch esa avval oshadi, so’ngra kamayadi (9-rasm). Tasma pichoqli bichish mashinasi ishlaganda pichoqning ko’ndalang tebranishi kuzatilib, bu bichish aniqligiga ta’sir qiladi. Ko’ndalang tebranishlar amplitudasi va bichish noaniqligi pichoq tarangligining oshishi bilan, uning yo’naltirgichlari orasidagi masofaning qisqarishi bilan pasayadi. Bundan tashqari, amplituda pichoq tezligi va qattiqligidan, shkivlar diametridan va ba’zi bir boshqa omillardan bog’liq bo’ladi.
Bichish aniqligi va qirqim tozaligini ta’minlash uchun k=40100 qilib qabul qilinadi. Unda V10.20.25 m/s bo’lganda V2=820 m/s ga ega bo’lamiz. Paxta tolali va jun gazlamalarni bichishda pichoqning tezligi kamaytiladi.
Plastinka pichoqli mashinalarda bajaruvchi mexanizmlar bo’lib krivoship-polzunli mexanizmlar hisoblanadi va u krivoship 1, shatun 2, polzun 3 va unga qotirilgan plastinkasimon pichoq 4 lardan tashkil topgan (9.1-rasm). Ko’rib o’tilayotgan mashinalarda pichoqlarning tezligi doimiy emas va demak, kesish jarayoni barqaror emas. Pichoqning holati ordinata bilan aniqlanadi:
9-rasm. Qo’zg’aluvchan pichoqqa ta’sir qiluvchi kuchlar (a), ning k dan (B) va kesish kuchlari Fn(1), Fx(2) va Fy(3) ning k dan (v) bog’liqligi sxemasi
yoki
bo’lgani uchun
,
bu erda:
r – krivoship radiusi;
l – shatun uzunligi;
1 – shatun va polzunning harakatlanish chizig’i orasidagi burchak.
30>
|
| |