|
O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligi
|
bet | 17/26 | Sana | 14.09.2024 | Hajmi | 5,98 Mb. | | #271107 |
Bog'liq TBICHJ metodichka10-TAJRIBA ISHI
MOKI NAYCHASIGA IP О‘RASHNI О‘RGANISH
Ishni bajarishdan maqsad: tikuv va trikotaj mashinalarini moylashni о‘rganish
Kerakli asbob-uskunalar: ushbu ishni bajarishda tikuv mashinasining asosiy ishchi organlari, moy, chizg‘ich, qalam, о‘chirgich va A3 format qog‘ozi kerak bо‘ladi.
10-rasm. О‘qi gorizantal joylashgan mokili mashinalarda ipli naychani naycha ushlagichga о‘rnatish tartibi
10.1-rasm. Naychatutqichni moki qurilmasiga о‘rnatish
1-sterjen, 2-naychatutqich qopqog‘ining richagi
10.2-rasm. Aylanish о‘qi vertikal bо‘lgan mokili tikuv mashinalarida naychani olish tartibi 1-naychatutqich qopqoqlari, 2-bо‘sh naychalar
10.3-rasm. Naychani naychaushlagichga о‘rnatish
1-taranglovchi prujina, 2-naychatutqichning qiyshiq kesimi.
Ustki ipni krivoship koromisloli iptortgich mexanizmli moki baxyali tikuv mashinalarda о‘tkazish uchun bobina yoki g‘altak bobina tutgichga о‘rnatiladi, ip bobina tutgichning yо‘naltiruvchi ilgaki orqasidan pastdan yuqoriga tortiladi va ip yо‘naltirgich 9 dan (10-rasm.) uchta teshikka ketma-ket о‘ngdan chapga kiritiladi, sо‘ngra yuqoridan pastga ip yо‘naltirgich 8 ning uchta teshigiga, ip yо‘naltirgich 6 ning о‘ng halqasiga kiritiladi va soat mili yо‘nalishida taranglikni sozlash qurilmasi 10 ning shaybalari orasidan о‘tkaziladi. Sо‘ngra ip yuqoridan pastga ip tortish prujinasi 5 ga kiritiladi ip yо‘naltiruvchi burchaklik 4 atrofidan pastdan yuqoriga aylantiriladi. Ip yо‘naltirgich 6 ning Chapki halqasiga о‘tkaziladi va ip tortgich 7 ning quloqchasiga Chapdan о‘ngga kiritiladi. Shundan sо‘ng ip ip yо‘naltirgichning Chapki halqasiga yuqoridan pastga о‘tkaziladi. Maxovik g‘ildiragini soat mili yо‘nalishida burab igna 1 yuqoriga kо‘tariladi, ip igna tutgich 3 ostida joylashgan ip yо‘naltirgich 2 ga о‘tkaziladi va Chapdan о‘ngga ip igna 1 quloqchasiga kiritiladi. Ustki ip uchini igna plastinasi teshigiga kiritish mumkin bо‘lishi uchun uning uchi 7-8 sm ga teng uzunlikda erkin qoldiriladi.
Aylanuvchan rotatsion iptortgich mexanizmli tikuv mashinalarda ip bobina yoki g‘altakdan avval ip yо‘naltirgich 1 ning uchta teshigidan ketma-ket о‘tkaziladi, sо‘ngra pastdan yuqoriga burchaklik 13 ga о‘tkaziladi va teshik 12 orqali tashqariga chiqariladi. Shundan sо‘ng soat miliga teskari yо‘nalishda taranglash qurilmasi shaybalari 11 orasidan о‘tkaziladi, Chapdan о‘ngga ip tortgich prujinasi 10 orqasidan va pastdan yuqoriga ip yо‘naltiruvchi burchaklik 9 orqasidan о‘tkaziladi. Maxovik g‘ildiragi soat miliga teskari yо‘nalishda buralib ip tortgich 4 ning kulachokli sirti 5 pastga qо‘yiladi va Chapdan о‘ngga qopqoq 3 orasining ustidan ip ip yо‘naltirgichga о‘tkaziladi. Sо‘ngra ip mashina frontal qismiga qotirilgan ip yо‘naltirgich 6 ga, igna yuritgich vtulkasiga moki qurilmalarini о‘rganiladi.
|
| |