• 15.1-rasm. В 292-185082 rusumli tikuv mashinasi. 15.2-rasm.
  • O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligi




    Download 5,98 Mb.
    bet25/26
    Sana14.09.2024
    Hajmi5,98 Mb.
    #271107
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
    Bog'liq
    TBICHJ metodichka

    Ip taqish. Ustki ipni bobina yoki g‘altakdan muayyan izchillikda chap igna (8) ga (15.1-rasm) taqiladi. Oldin ipni naychasimon ip yo‘nal- tirgichning teshigidan o‘tkaziladi, burchaklik (1) ning uchta teshigidan birin-ketin yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga va yana yuqo- ridan pastga tomon o‘tkaziiadi, asosiy taranglash rostlagichi (2) ning, qo‘shimcha taranglash rostlagichi (3) ning shaybalari orasidan aylantirib, ip tortish prujinasi tagidan olib o‘tiladi, pastdan yuqo­riga plastinasimon ip yo‘naltirgich tagiga, o‘ngdan chapga ip tortgich (4) ning yuqori quloqchasiga va yuqoridan pastga plastinali ip yo‘naltirgich (5) tagiga o‘tkaziladi. So‘ngra ikkinchi plastinasimon





    15.1-rasm. В 292-185082 rusumli tikuv mashinasi.




    15.2-rasm. В 292-185082 rusumli tikuv mashinasida ostki ipni taqish.



    ip yo‘naltirgich (6) tagidan o‘tkazib, yuqoridan pastga igna tutgich (7) dagi
    ip yo‘naltirish teshigiga va o‘ngdan chapga igna ko‘zi (8) dan o‘tkazib taqiladi. Ustki ipni o‘ng tomondagi igna (9) ga taqish uchun ipni g‘altakdan naychasimon ip yolnaltirgichning ikkita teshigidan o'tkazilib, o‘ngdan chapga,
    chapdan o‘ngga va yana o‘ngdan chapga birin-ketin burchaklik (1) ning uchta teshigidan o‘tkaziladi, asosiy taranglash rostlagichi (10) hamda qo‘shimcha taranglash rostlagichining shaybalari orasidan aylantirib, ip tortish prujinasi tagiga olib kelinadi, pastdan yuqoriga plastinasimon ip yo‘naltiigichning tagidan o‘tkazilib, o‘ngdan chapga ip tortgich (4) ning ostki te­shigiga, yuqoridan pastga plastinasimon ip yo‘naltirgich (6) ning tagidan o‘tkaziladi va yuqoridan pastga igna (9) ning ko‘ziga taqiladi.
    Ip taqishdan oldin maxovik g‘ildirakni soat mili harakati yo‘nalishida burib, ignalar (8 va 9) ni yuqori holatga qo‘yiladi va tepkini ham ko‘tarib qo‘yish kerak boiadi. Bu paytda ip tortgich (4) skobaning tagida boiadi. Igna (8) ni igna tutgich (7) ga oxirigacha taqab qo‘yiladi, bunda uning qisqa ariqchasi tikuvchidan o‘ng tomonga qarab turishi kerak. Igna (8) chapaqay vint yorda- mida igna tutgich (7) ga mahkamlangan. 0‘ng tomondagi igna (9) ni igna tutgichga oxirigacha taqab qo‘yiladi, uning qisqa ariq­chasi ham tikuvchidan o‘ng tomonga qaratib qo‘yilishi lozim. Igna (9) vint yordamida igna tutgich (7) ga mahkamlanadi.
    Ostki iplarning ikkalasi ham bir xil taqiladi, shuning uchun faqat o‘ng tomondagi moki qurilmasiga ip taqilishini ko‘rib chiqsa bo‘ladi. Buning uchun ilgak (2) ni ochib (15.2-rasm), bo‘sh moki (1) chiqarib olinadi. So‘ngra naycha tutgichning markaziy o‘qiga to‘la naycha (1) kiydiriladi. Ipni naychadan yuqoridan pastga nay­cha tutgichning o‘yig‘i (3) ga o‘tkaziladi, plastinasimon prujina tagidan o‘tkazib, uning kesimi (4) dan tashqariga chiqarib qo!yiladi.
    Ostki ip tarangligi vint (5) yordamida plastinasimon prujinaning bosimini o‘zgartirib rostlanadi.

    Download 5,98 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




    Download 5,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligi

    Download 5,98 Mb.