|
-rasm. «Pfaff» (Germaniya) firmasining 45-909-0045-001/001
|
bet | 24/26 | Sana | 14.09.2024 | Hajmi | 5,98 Mb. | | #271107 |
Bog'liq TBICHJ metodichka14.1-rasm. «Pfaff» (Germaniya) firmasining 45-909-0045-001/001 rusumli tikuv mashinasi.
Naychaga ipni o‘rash uchun ip g‘altakdan bo‘shatilib, ip yo‘naltirgich teshigidan o‘tkazilib, o‘ragich (9) ning shpindeliga kiydirilgan naycha ip bir necha marta o‘raladi va qurilma ishga tushiriladi. Naychaga ip to‘liq o'rab bo'lingandan so‘ng, o‘ragich avtomatik to‘xtaydi. Ip to‘ldirilgan naycha vertikal joylashgan moki qurilmasiga o‘rnatiladi.
Baxya yirikligi dasta (10) ni shkalaga nisbatan burib rostlanadi. Agar dasta (10) ko‘tarilsa, baxya yiriklashadi. Baxyaqatorni puxtalash uchun dasta (10) bosiladi.
Takrorlash uchun savollar:
1.Moki baxyaqatorining xususiyatlarini tushuntiring.
2.Moki baxyaqatorining zanjirsimon baxyaqatordan farqi nimada?
3.Moki baxyaqatorning hosil boiish jarayonini tushuntiring.
4.«Pfaff» (Germaniya) firmasining 45-909-0045-001/001 rusumli tikuv mashinasi ishlash jarayonini tushuntiring?
15-TAJRIBA ISHI.
IKKI IGNALI MOKI BAHYALI TIKUV MASHINALARNI ISHLASH JARAYONINI O’RGANISH
Ishdan maqsad: В 292-185082 rusumli ikki ignali tikuv mashinasini ishlash jarayonlarini, texnologik jarayonlarini o’rganish
«Durkopp» firmasida juda ko'p turdagi moki baxyali bir va ikki ignali tikuv mashinalari ishlab chiqariladi. Bu mashinalarda qo‘llanilgan qo‘shimcha mexanizm va qurilmalar kiyimning yuqori sifatli tikilishini ta’minlaydi. Hozirgi paytda «Durkopp» va «Adler» firmalari birlashib, jahon andozalariga javob beradigan tikuv mashinalarini ishlab chiqarmoqda.
В 292-185082 rusumli ikki ignali tikuv inashinasi
Bu mashina turli qalinlikdagi yengil kuylaklar va kastumbop materiallardan tikiladigan buyum detallarini ikki ipli ikkita parallel moki baxyaqator yuritib tikishga mo‘ljallangan. Asosiy valining aylanish chastotasi 4000 ayl/daq. Baxyasining yirikligi 0 dan 6 mm gacha, parallel baxyaqatorlar oralig‘i 3,5/5, 0/6, 5 mm (igna tutgich, tepki, igna plastinasi va reykadan iborat almashtiriladigan qo‘shimcha detallari bor).
Ikkita parallel baxyaqator turli buyumlar detallarini bezashda, masalan, bortga, yoqaga, belbog‘ga, belbandga va boshqa detallarga bezak baxyaqator yuritishda; taxlamalarni, tasmalarni, beykalarni, koketkalarni bostirib tikishda va boshqa ishlarda keng qo‘llaniladi. Ikkita parallel baxyaqatorni bir ignali choklash mashinasida ham bajarish mumkin, lekin bunda, birinchidan, bu ish bir vaqtda bajarilmaydi, ikkinchidan esa, maxsus moslamalar qo‘llaganda ham buni bajarish ancha qiyin bo'ladi. Qo‘sh ignali mashinalar mehnat unumdorligini (50—80 foizga) oshiradi va tikilayotgan buyum sifatini yaxshilaydi.
Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, ikki ignali tikuv mashinasini qo‘llash natijasida buyum sifati yaxshilanibgina qolmay, balki mehnat unumdorligi ham ilgari ishlab chiqarilgan qo‘sh ignali mashinalarning ko‘rsatkichlariga nisbatan 3,5 foizga oshgan.
«Durkopp» firmasi yana bir qator qo‘sh ignali mashinalarni, ya’ni baxyaqatorlar oralig‘i 0 dan 12 mm gacha bolgan, barcha turdagi kiyimlarni tikishga mo‘ljallangan mashinalarni ishlab chiqarmoqda.
Bu mashinada gazlama shikastlanmasligi uchun tepki sekin tushishi ta’minlangan. Ustki va ostki iplar tarangligini o‘zgartiruvchi va nazorat qiluvchi qurilmalar o‘rnatilgan. Mashinada teri va qalin materiallarni ham tikish imkoni yaratilgan.
|
| |