|
-rasm. Ikki ipli zanjirsimon bahyaning hosil bo`lishi
|
bet | 22/26 | Sana | 14.09.2024 | Hajmi | 5,98 Mb. | | #271107 |
Bog'liq TBICHJ metodichka13.1-rasm. Ikki ipli zanjirsimon bahyaning hosil bo`lishi:
1) chalishtirgich, 2)igna ipi, 3) ostki ip
Igna 2 materiallarni teshib o`tib, eng pastgi holatga tushadi, bu paytda chalishtirgich 1 bahyaqatorning ko`ndalangiga harakatlanadi. Igna 2 eng pastki holatidan 2–2,5 mm ko`tarilib, halqani hosil qiladi, bu halqaga chalishtirgich 1 o`z halqasini olib kiradi. Igna 2 yuqori ko`tariladi va materialdan chiqadi, ip uzatgich bahyaga ketgan ipni g`altakdan chuvatadi, reyka yuqori ko`tariladi va materiallarni bir bahya bo`yi suradi. Chalishtirgich 1 bahyaqatorning uzunasiga (tikuvchi tomon) harakatlanadi. Igna 2 materialni teshib o`tadi va chalishtirgich 1 ning halqasiga kiradi, bu paytda igna halqasini og`gan holatda tutib turgan chalishtirgich 1 bahyaqator ko`ndalangiga harakatlanadi.
Igna 2 pastga tushishda davom etadi, ip uzatgich ip chiqarib beradi, igna halqasi qisqaradi. Igna bahyani taranglashtirib, oldingi halqa ipini tortadi. Ostki ip uzatgich ostki ipni bo`shatadi, сhalishtirgichning ignaga ilingan halqasini materialga tomon tortadi.
Chalishtirgich 1 bahyaqatorning uzunasiga (tikuvchidan oldinga tomon) harakatlanadi, keyin bahyaqatorning ko`ndalangiga harakatlanib, eng ostki holatidan 2–2,5 mm ko`tarilgan igna 2 halqasiga kiradi. Keyin jarayon takrorlanadi.
Bajariladigan tajriba jarayoni: turli qalinlikdagi namunalar, qarama qarshi rangdagi iplar bilan 2 ipli zanjirsimon bahyaqator hosil qilib tikiladi, choklar qadami, uzunligi, sarflangan ip uzunligi o’lchanadi.
Jadval 1
|
| |