|
va jihozlari kafedra mudiri: _______________ N.K.Saparbayeva
|
bet | 2/26 | Sana | 14.09.2024 | Hajmi | 5,98 Mb. | | #271107 |
Bog'liq TBICHJ metodichkava jihozlari kafedra mudiri: _______________ N.K.Saparbayeva
© Urganch Davlat Universiteti, 2023
Mundarija
Tikuv mashinalari detallarining shartli belgilari………………………………..4
Gazlamaga muvofiq igna va iplarni tanlash……………………………………..7
Igna mexanizmini bo‘laklarga ajratish…………………………………………10
Moki mexanizmini detallarga ajratish………………………………………….12
Ip tortgich mexanizmini bo‘laklarga ajratish…………………………………..17
Gazlamalarni surish mexanizmini bo‘laklarga ajratish…………………………21
Tepki uzelini bo‘laklarga ajratish……………………………………………….24
CHalishtirgich mexanizmini bo‘laklarga ajratish……………………………….26
Pichoq mexanizmini bo‘laklarga ajratish……………………………………….28
Moki naychasiga ip o‘rashni o‘rganish…………………………………………33
Moylash materiallari va ularni tanlash………………………………………….36
Bir ipli zanjirsimon bahyaqator hosil bo’lish jarayonini o’rganish……………..38
Ikki ipli zanjirsimon bahyaqator hosil bo’lish jarayonini o’rganish……………41
Ikki ipli moki bahyali tikuv mashinalarni ishlash jarayonini o’rganish………..43
Ikki ignali moki bahyali tikuv mashinalarni ishlash jarayonini o’rganish…….46
1-TAJRIBA MASHG’ULOTI
TIKUV MASHINALARI DETALLARINING SHARTLI BELGILARI
Ishni bajarish tartibi:
Mashina detallarining turlari va vazifalari haqida tushunchaga ega bo’lish
Mashina detallari vazifasiga ko‘ra turlariga doir ma’lumotlar bilan tanishish
Mashina – bu foydali ish bajaruvchi mexanizm yoki mexanizmlar kompleksi. Masalan, transport mashinasi, texnоlogik mashinalar, hisoblash mashinalari. Mexanizm – detallardan tashkil topgan birikmadir. Detal deb, ma’lum maqsad uchun ishlab chiqarilgan qattiq jismga aytiladi. Mashina detallari asosan metallardan, ba’zan plastmassa, rezinadan tayyorlanishi mumkin. Mashina detallari tuzilishi jihatidan ikkiga bo‘linadi:
1) standart detallar;
2) maxsus detallar.
Standart detallar (1.1-rasm) hamma mashinalarda uchraydi, ular ma’lum o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Masalan, bolt – 1, shayba – 2, gayka – 3, shpilka – 4, vint – 5, vtulka – 6, vintlar – 7 va boshqalar.
Maxsus detallar ma’lum tiрdagi mashinalar uchun alohida ishlab chiqariladi (1.2-rasm). Masalan, tepki – 1, tishli reyka – 2, shatun – 3, kulachok – 4, krivoshiр – 5, koromislo – 6, vilka – 7 va boshqalar.
|
| |