|
GAZLAMAGA MUVOFIQ IGNA VA IPLARNI TANLASH
|
bet | 4/26 | Sana | 14.09.2024 | Hajmi | 5,98 Mb. | | #271107 |
Bog'liq TBICHJ metodichkaGAZLAMAGA MUVOFIQ IGNA VA IPLARNI TANLASH
Ishni bajarishdan maqsad: Gazlamaga muvofiq igna va iplarni tanlash
yо‘llarini о‘rganish.
Kerakli asbob-uskunalar: ushbu ishni bajarishda tikuv mashinasining asosiy ishchi organlari, gazlama, ip, igna chizg‘ich, qalam, о‘chirgich va 12 format qog‘ozi kerak bо‘ladigna
Igna, nina —Tikuvchilik, trikotaj ishlab chiqarish, matbaa va boshqalarda keng ishlatiladigan tikuv quroli. Tikuvchilik ignasining qoʻlda va mashinada tikadigan xillari bor; qoʻlda tikadigan igna xilma-xil yoʻgʻonlikdagi poʻlat simdan suyri, oʻtkir, ip oʻtkaziladigan teshikli qilib yasaladi. Ular uzunligi va diametriga qarab raqamlarga boʻlinadi (masalan, 1 dan 9-raqamgacha boʻlgan ignaning yoʻgʻonligi 0,6 dan 1,0 mm gacha, uz. 30 dan 50 mm gacha). Kiyim-kechak, koʻrpa-toʻshak va hakozalar tikishda ishlatiladi, katta-kichikligi va yoʻgʻon-ingichkaligiga qarab, chok ignasi (chok tikish uchun), qaviq ignasi (qavish uchun), palak ignasi (palak tikish uchun), soʻzan ignasi (hurjun, toʻrva, etik, m ahsi va h. k. tikish uchun), mashina ignasi (tikuv mashinalari uchun) kabi xillarga boʻlinadi. Igna yuzdan bir mm larda ifodalangan raqamlar (№ 60—0,60 mm, № 120—1,2 mm) boʻyicha bir-biridan farq qiladi. Trikotaj ignasi trikotaj mashinasining izma (petlya) hosil qiluvchi qismigna Ilgakli, tilli va oʻyikli xillari koʻp tarqalgan;
Gazlama — arqoq va tanda iplarining oʻrilishidan hosil boʻladigan, pardozlangan va ishlatishga tayyor mato. Oʻlchab — gazlab (qarang Gaz) sotilganligi uchun shunday nomlangan. Gazlama qadimda daraxt poʻstloqlaridan qoʻlda, keyinchalik tolalardan yogʻoch dastgoxlar, doʻkonlar, toʻquv stanoklarida toʻqilgan. Hozir asosan avtomat stanoklarda toʻqiladi.
Oqartirilgan, sidirgʻa yoki gulli, oʻng tomoni tukli va tuksiz Gazlamalar boʻladi. Gazlamadan kiyim-kechak tikiladi, roʻzgʻor buyumlarib tayyorlanadi, u texnikaning turli sohalarida ishlatiladi. Gazlamalar tanda (oʻrish, boʻylama) va arqoq (enlama) iplarning oʻrilishi, ularning materiali, eni, pardoz turlari, ishlatilishi bilan bir-biridan ajraladi (ip gazlama, jun gazlama, ipak gazlama va h. k.). Gazlamaning pishiqlik, kirishuvchanlik, choʻziluvchanlik, qalinlik xossalari bor. Pishiqlik — tanda va arqoq iplarining pishitilishi va oʻrilishiga bogʻliq, u maxsus dinamometr yordamida aniqlanadi. Choʻziluvchanlik — tanda va arqoq iplari yoʻnalishida tortilganda yirtilguncha uzayishi, dinamometrda pishiqlikni oʻlchash vaqtida aniqlanadi. Kirishuvchanlik — saqlash, hoʻllash, yuvish va boshqa hollarda oʻlchamining qisqarishi, u tanda va arqoq iplarining materiali va xossalari, toʻqimaning tuzilishi hamda pardozlash xillariga bogʻliq; Gazlama 3—10% kirishishi mumkin. Qalinligi tanda va arqoq iplarining yoʻgʻonligiga, zichligi va pardoz turlariga bogliq. Kiyimlik gazlamalarning qalinligi 0,1—5,0 mm, texnikada ishlatiladiganlariniki bundan qalin boʻladi. Qalinlik maxsus asboblar bilan oʻlchanadi, gazlamalarni pardozlashda tukini yoʻqotish, ohorini toʻkish, oqartirish, boʻyash, gul bosish, tarash va bjshqa ishlar bajariladi. Tukini yoʻqotish — gazlama yuziga chiqib qolgan ip va tolalarni olib tashlash; kuydirish yoki qirqish yoʻli bilan bajariladi. Kuydirish uchun Gazlamalar qizitilgan metall yuzasidan yoki gaz alangasi ustidan tez oʻtkaziladi. Qirqish esa maxsus mashinalarda tez aylanuvchi pichoqlar yordamida bajariladi. Bunda gazlama tekis va chiroyli boʻlib chiqadi. Ohorini toʻkish — tanda iplaridagi ohorni yuvish, bunda gazlama maxsus eritmali hovuzda ivitiladi, soʻngra yuvib ohordan tozalanadi. Ohori toʻkilgan gazlama boʻyaladi, gul bosishda boʻyovchi moddalar iplarga yaxshi oʻrnashadi va yuvilganda aynimaydigna Oqartirish — toʻqimadagi tabiiy sargʻish rangni yoʻqotib, gazlamaga oq tus berish. Gazlamalar toʻliq oqartirilgandan soʻng boʻyaladi yoki gul bosiladigna sidirgʻa boʻyash — gazlamalarni turli ranglar bilan bir xil qilib boʻyash. Gul bosish — gazlamaning oʻng tomoniga turli ranglardan maxsus mashinalarda bezaklar tushirish. Tarash — toʻqimadagi arqoq iplarini titib, tolalarini yuzaga chiqarish jarayon. Bu jarayon ninalik tasma (kardolenta) yordamida tarashlash mashinalarida bajariladi. Bunda gazlamalar (movut, paxmoq va b.) issiq saqlaydigan va mayin boʻladi. Xonalarni bezash, mebellarga qoplash, eshik va derazalarga tutish uchun ishlatiladigan gazlama bezak mato deb ataladi. Bunday matolar toʻqiladi yoki pardozlash vaqtida gul bosib tayyorlanadi. Ular pishitilgan har xil rangli iplardan (paxta, jun, ipak va kimyoviy tolalar hamda metall iplardan) toʻqiladi. Bezak Gazlamalar jakkard mashinasi yordamida yirik gulli oʻrilishda toʻquv dastgoxlarida yoki qoʻlda toʻqiladigna Oʻngi tekis, gʻadir budur va tukli boʻladi. Bunday gazlamalar pishiq, yorugʻbardosh boʻlishi kerak.
|
| |