|
O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligi
|
bet | 5/26 | Sana | 14.09.2024 | Hajmi | 5,98 Mb. | | #271107 |
Bog'liq TBICHJ metodichkaGazlama va ip tanlash. Kashta tikish uchun gazlama bilan ip buyumning nimaga mo`ljallanganiga, bezakning xarakteriga va tikish usuliga muvofiq tanlanadi. Kashta tikiladigan materialga muvofiq rangdagi ip tanlash kashtado`zlikda katta ahamiyatga ega. Bu kashtado`zdan katta mahorat va did talab qiladi. Kashtada foydalaniladigan iplar rangining o`zaro muvofiqligi ham kashtaning jozibador chiqishiga sabab bo`ladigna O`tmishda turli-tuman rangdagi matolarning kamligi sababli ko`pgina bezak kashtalari bugun mato sathini kashta bilan qoplab tikilgan. Hozirda so`zana, choyshab, zardevor kabi bezak buyumlari baxmal, shoyi, satin, shuningdek turli-tuman iplar ham ko`p. Bu kashtani jozibador chiqarishda rangdan keng foydalanish imkonini beradigna Kashtado`z kashta tikmoqchi bo`lgan kiyim shakliga, matosi rangiga qarab kashta nusxasini tanlashi kerak. Kashta iplari paxta tolasidan to`rt qavatli qilib, turli ranglarda tayyorlanadi, xira bo`ladi va 50 metrli kalava tarzida savdoga chiqariladi.
2-rasm. Gazlama va ip tanlash.
NAZORAT SAVOLLARI
Ignaning qanday turlari bor?
Gazlama deb nomaga aytiladi?
Gazlamalarni qanday turlari bor?
Gazlamaga muvofiq qanday iplar tanalanadi?
3-TAJRIBA MASHG’ULOTI
IGNA MEXANIZMINI BО‘LAKLARGA AJRATISH
Ishni bajarishdan maqsad: Igna mexanizmining turlari bilan tanishish; ko’rinishlari va turlarini o’rganish
Kerakli asbob-uskunalar: ushbu ishni bajarishda tikuv mashinasining asosiy ishchi organlari, igna, chizg‘ich, qalam, о‘chirgich va 12 format qog‘ozi kerak bо‘ladi.
Igna tikuv mashinasining asosiy ishchi organlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Tikuv mashina ignalari gazlamani teshib, ustki ipni igna plastinasi ostiga olib o'tish va ustki ipdan halqa hosil qilish uchun xizmat qiladi.
Ignalar to'g'ri va yoysimon ko'rinishlarda bo'ladi. Yashirin baxya hosil qilib tikish mashinalarida yoysimon igna materialning yarim qalinligiga sanchiladi. Yoysimon shakldagi ignalar asosan yarim aylana — trayektoriya bo'ylab harakatlanadi. Moki baxyali tikuv mashinalarida esa vertikal harakatlanuvchi to'g'ri ignalar qo'llaniladi. Ignaning uzunligi va ish yo'li orqali tikuv mashinasining konstruktiv parametrlari aniqlanadi.
|
| |