41
5-bob.
Yarim o`tkazgichli elektron asboblar
5.1. Yarim o`tkazgichli asboblarning klassifikatsiyasi va tavsiflari
Yarim o`tkazgichli asbob deb,
yarim
o`tkazgich elementlarining
xususiyatlariga asoslangan holda ishlaydigan asboblarga aytiladi (5.1-rasm)
5.1- rasm. Yarim o`tkazgichli asboblar klassifikatsiyasi
Yarim o`tkazgichli qarshilik va diodlar ikki elektrodli asboblardir,
bipolyar
va maydon tranzistorlari esa uch elektrodli asboblar hisoblanadi. Tiristorlar esa ikki
yoki uch elektrodli bo`lishi mumkin (5.2-rasm).
Yarim o`tkazgichli qarshiliklar. Yarim o`tkazgichli qarshilik ikkita chiqishga
ega bo`lgan yarim o`tkazgich asbob bo`lib, unda yarim o`tkazgichning elektr
qarshiligi kuchlanish, harorat, yoritilganlik va boshqarishning boshqa kattaliklariga
bog‘liq bo`ladi.
Yarim o`tkazgichli qarshiliklarda bir xilda legirlangan qo`shimchali yarim
o`tkazgich qo`llaniladi. Qarshiliklar qo`shilmalar va
tuzilishining turiga qarab
boshqaruvchi kattaliklarga har xil bog‘liqlikka ega bo`lgan asboblar olish mumkin.
Yarim o`tkazgichli qarshiliklar boshqaruvchi kattaliklarning bog‘liqligiga
qarab: chiziqli va chiziqli bo`lmagan qarshiliklarga bo`linadi.
Chiziqli qarshilik – kuchsiz legirlangan material qo`llanilgan yarim
o`tkazgichli qarshilikdir. Masalan, kremniy, arsenid va galliy elementlari. Bunday
yarim o`tkazgichlarlarning elektr qarshiliklari elektr
tokining zichligi va elektr
maydon kuchlanganligiga bog‘liq emas. Shuning uchun chiziqli yarim
o`tkazgichlarning qarshiligi kuchlanish va toklarning katta diapazonida o`zgarmas
bo`ladi. Ular integral mikrosxemalarda keng qo`llaniladi.
42
Varistor – yarim o`tkazgichli rezistor bo`lib, uning qarshiligi kuchlanish
o`zgarishiga bog‘liq ravishda o`zgaradi, shuning uchun uning VATsi chiziqli emas.
Varistorlarni yasashda asosan karbid va kremniy elementlari qo`llaniladi.
Parashokli kristall karbit kremniyli qum bilan aralashtirib
presslanadi va yuqori
haroratda kuydiriladi (qizdiriladi), elektrodlar sepiladi. Tashqi ta‘sirlardan
himoyalash uchun varistorlar elektroizolyatsiya laki bilan qoplanadi.
Tenzorezistor – yarim o`tkazgichli rezistor bo`lib, unda elektr qarshilikni
mexanik deformatsiyaga bog‘liqligi qo`llaniladi.
Tenzorezistorlarni tayyorlashda p- yoki n- tipidagi kremniy ko`proq
qo`llaniladi.
Fotorezistor – qarshiligi yoritilganlikka bog‘lik bo`lgan yarim o`tkazgich
asbobdir. Bunda yoritilganlik ortgan sari fotorezistorning qarshiligi kamayib
boradi va aksincha, yoritilganlik kamaysa qarshilik kamayadi.
Termorezistor – elektr qarshiligi haroratga bog‘liq bo`lgan yarim
o`tkazgichli rezistorga aytiladi. Ikki xil termorezistorlar mavjud: termistor va
pozistor.
5.2- rasm. Yarim o`tkazgichlarning turlari va grafik belgilanish