5
Hayotini ilm-fan rivoji va yosh avlodni
tarbiyalashga bagishlagan ustozim
Uzbekistonda xizmat ko`rsatgan fan
va texnika arbobi, professor
Pyotr
Vyacheslavovich
Baydyukning
porloq xotirasiga bag’ishlayman
Kirish
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish masalalari qishloq va suv xo`jaligining
turli tarmoqlarida zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo`llashning
asosiy
omillaridan hisoblanadi. Shuning uchun soha bo`yicha tayyorlanayotgan
mutaxassislar avtomatikaning texnik vositalari, avtomatik nazorat,
avtomatik
rostlash, avtomatik boshqaruv tizimlari, operativ xizmat tarmog‘i haqida maxsus
bilimga ega bo`lishlari zarur.
Texnika tarixida birinchi ma‘lum bo`lgan avtomatik qurilma Misr
xalifaligiga mansub bo`lgan Nil daryosidagi suv sathini
ulchaydigan inshootni
ishlab chiqqan Axmad-al-Fargoniy tomonidan (847-861 y.y) yaratilgan bo`lib,
ma‘lumotlarga ko`ra saqlanib kelgan.
Avtomatika fan sifatida 18-asrning ikkinchi yarmida, ya‘ni ip-yigiruv, tukuv
stanoklari va bug` mashinalari kabi birinchi murakkab mashina - qurilmalarining
paydo bo`lish davrida ishlatila boshlandi.
Texnika tarixida birinchi ma‘lum bo`lgan avtomatik qurilma Polzunov bug`
mashinasi (1765 y.) hisoblanadi. Bu mashina oddiy shamol va gidravlik
dvigatellarning urniga ishlatilgan va odam ishtirokisiz suvning sathini rostlagan.
Avtomatik rostlashning asosiy prinsiplarini ingliz olimi F. Maksvell tomonidan
1868 yilda ishlab chiqildi.
Texnikaning rivojlanishi va odamlarning ogir qo`l mehnatidan bo`shashiga
qaramasdan ish jarayonlari va mehnat qurollarini
boshqarish kengayib va
murakkablashib bordi. Ayrim holatlarda esa maxsus qo`shimcha elementlarsiz
mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarishni boshqarish imkoniyatlari murakkablashdi.
Bu esa uz navbatida avtomatikaning muhimligini va uni rivojlantirish kerakligini
isbotladi.
Bugungi kunda avtomatika alohida fan sifatida uz yunalishlariga ega. Bu fan
avtomatik boshqarish tizimlarining nazariyasi va uning tuzilish tamoyillari bilan
6
shugullanadi. Xozirgi davrda fan- texnika taraqqiyoti
shunday ilgari surildiki,
mavjud texnika va texnologiyalar ishlab chiqarishni yangi, har taraflama zamon
talabiga javob beradigan texnik vositalar bilan ta‘minlash zaruriyati tugildi. Xorijiy
mamalakatlardan keltirilayotgan yangi texnika va texnologiyalarni o`zlashtirish esa
yuqori bilim va malaka talab etadi.
Suv xo`jaligi sohasi bo`yicha yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlashda
hozirgi zamonaviy avtomtlashtirilgan texnik vositalarni ishlab chiqish va ularni
mazkur sohaga tadbiq eta bilishni tashkil etish muhim o`rin tutadi. «Avtomatika
asoslari va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish»
fani ushbu vazifani
amalga oshirishda muhim omil hisoblanadi. Ushbu fandan tayyorlangan darslik
«Suv xo`jaligi va melioratsiya», «Gidrotexnika inshootlari va nasos stantsiyalaridan
foydalanish» ta‘lim yo`nalishiga to`g‘ri keluvchi Davlat ta‘lim standarti va o`quv
rejsi asosida yozilgan.
Ushbu darslik mavzulari avtomatlashtirish tizimlarida qo`llanuvchi texnik
vositalar va suv xo`jaligida namunaviy texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish
bo`yicha ko`rib chiqilgan mavzularni o`z ichiga oladi.
Bunda talabalar avtomatik
boshqarish tizimlarida qo`llanuvchi texnik vositalarning tarkibi, ish prinsiplarini
o`rganish bilan birga ularni texnologik jarayonlarda tutgan o`rni haqida ham
ma‘lumotlar oladilar.