19
1.11- rasm. Nasos agregati elektr motorini ishga tushirishning prinsipial elektr
sxemasi
Montaj sxemalar moslamalar orasidagi tashqi
ulanishlarni yoki moslama
ichidagi elementlarni o`zaro ulanishlarni ifodalaydi. Ushbu sxemalar montaj
ishlarini bajarayotganda ishchi chizmalar sifatida qo`llanadi (1.12- rasm).
1.12- rasm. Avtomatikaning montaj sxemasi
Bo`lim bo`yicha nazorat savollari
1. Avtomatika elementlari qanday xususiyatlarga ega?
2. Avtomatika elementlarning statik tavsifnomalari qanday?
3. Avtomatika boshqarish va rostlash tizimlari haqida tushuncha bering?
4. Aatomatik rostlash tizimlarida qanday rostlash usullari mavjud?
5.Avtomatik rostlash tizimlarida teskari aloqalarning
qanday turlari mavjud va
ularning hususiyatlari?
6. Avtomatlashtirish tizimlarida qanday sxemalar qo`llaniladi ?
7. Prinsipial sxemalar qanday holatlarda qo`llaniladi va uiarning tarkibi ?
8. Avtomatikaning funksional sxemasi qanday vazifani bajaradi?
9.Tarkibiy tuzilish sxemasi qanday tuziladi va uning vazifasi ?
10. Montaj cxemalari
haqida tushuncha bering?
20
2-bob. Suv xo`jaligida qullanuvchi avtomatikaning texnik vositalari
2.1. Asosiy ma’lumotlar, turkumlanishi
Har xil texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ularning ko`rsatkichlari
haqida ma‘lumot olish zarur hisoblanadi. Bu maqsadda birlamchi o`zgartirgichlar
(yoki datchiklar) keng qo`llaniladi. Datchik deb
nazorat qilinayotgan yoki
rostlanayotgan kattalikni kerakli yoki avtomatika tizimining keyingi elementlarida
qo`llash uchun qulay qiymatga o`zgartiradigan vositaga aytiladi.
Qishloq va suv xo`jaligi ishlab chiqarishida qo`llaniladigan o`zgartirgichlar
asosan olti guruhga bo`linadi: mexanik;
elektromexanik; issiqlik; elektrkimeviy;
optik va elektron - ion.
Mexanik o`zgartirgichlar mexanik kirish ko`rsatkichlarni (bosim, kuch,
tezlik, sarf va h.k.) mexanik chiqish ko`rsatkichlarga (aylanish chastotasi, bosim va
h.k.) o`zgartirib berish bilan harakterlanadi. Bunday o`zgartirgichlarning
sezgirlik
elementi sifatida elastik elementlar (membrana, prujina, balka kabilar) poplavoklar,
krilchatkalar va drosselli qurilmalar ishlatiladi.
Elektromexanik birlamchi o`zgartirgichlar (yoki elektrik datchiklar) kirish
mexanik ko`rsatkichlarni (bosim, kuch, sarf kabilar)
chiqish elektrik
ko`rsatkichlarga (kuchlanish, tok, qarshilik, induktivlik va kabilar) o`zgartirib
berish uchun xizmat qiladi. Elektromexanik o`zgartirgichlar
parametrik va
generator o`zgartirgichlarga (yeki datchiklarga) bo`linadi.
Parametrik datchiklarda chiqish ko`rsatkichini elektr zanjir kattaliklari
(qarshilik, induktivlik, o`zaro induktivlik, elektr sigimi va kabilar) ‗tashkil topadi.
Bunday turdagi datchiklarda elektr toki va kuchlanishi
sifatida chiqish signalini
olish uchun ularni maxsus elektr sxemalariga (ko`prikli, differensialli) ulash hamda
alohida energiya manbasiga ega bo`lishi kerak.
Generator datchiklarida bevosita sezgir elementda kirish signali