Avtomatik rostlash tizimlarida teskari aloqalar




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/99
Sana18.05.2024
Hajmi3,59 Mb.
#242311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   99
Bog'liq
darslik avtomatika asoslari

1.4. Avtomatik rostlash tizimlarida teskari aloqalar 
Rostlanuvchi kattalikning yo`l qo`yilgan qiymatidan oshib ketishi, odatda, 
rostlash jarayonini oraliq davrda stabillashga mo`ljallangan teskari aloqa 
qurilmalari yordamida bartaraf qilinadi. Teskari aloqa tizimdagi keyingi 
bo`g‘inning chiqish signali undan oldin keladigan bo`g‘inning kirishiga uzatadigan 
qurilma hisoblanadi. Avtomatik tizim tarkibiga kirgan elementlar detektorlash 
qobiliyatiga ega, ya‘ni ularning harakati muayyan yo`nalishga ega: bo`g‘inning 
kirishiga keladigan signal bo`g‘indan faqat bir yo`nalishda kirishdan chiqish 
tomonga o`tadi. Agar bo`g‘inning chiqishidagi signal o`zgarsa, bu bo`g‘inning 
kirishiga kelgan signal tizimiga ta‘sir qiladi. Bo`g‘inlardan birining kirishiga kelgan 
signal 
tizimning 
barcha 
bo`g‘inlaridan 
o`tib boshlang‘ich kirishga 
tranformatsiyalangan holda kelgan yopiq tizim 
teskari aloqa tizimi
deyiladi. 
Teskari aloqaning vazifasini va ishlash prinsipini o`zgarmas tok motorining 
aylanish chastotasini boshqarish tizimi misolida qo`rib chiqamiz. (1.3- rasm, b ga 
qarang) Bu yerda motor M rostlash ob‘ekti, motorning aylanish chastotasi 

esa 
rostlanuvchi miqdor bo`ladi. Rostlanuvchi miqdorni topshiriqdagi chegarada 
saqlash uchun ob‘ektga beriladigan rostlovchi ta‘sir rostlanuvchi miqdorning 
qiymatini hisobga olgan holda shakllanadi. Motorning valiga o`rnatilgan 
taxogenerator TG rostlanuvchi miqdorning elektrik signalga-taxogeneratorning 
e.yu.k.ga aylantiradi

ta‘sir zanjiri bo`ylab rostlanuvchi ob‘ektga uzatiladi. 


16 
Bu tizim taxogenerator TG motor M ning aylanish chastotasini avtomatik 
rostlash tizimida chiqish bilan kirish orasida aloqa o`rnatadi. Bunday aloqa 
teskari 
aloqa
deb ataladi. ―Teskari aloqa‖ terminining kelib chiqishiga sabab shuki, bu 
aloqaning ta‘siri rostlovchi ta‘sir yo`nalishiga teskari yo`nalgan. Rostlovchi ta‘sir 
tizimning elementlari orqali rostlash ob‘ektiga to`g‘ri yo`nalishda yuboriladi. Agar 
tizimning kirishiga yuborilayotgan teskari aloqaning ta‘siri o`zining ishorasi 
jihatidan topshiruvchi ta‘sirning ishorasiga mos kelmasa, u holda bunday aloqa 
manfiy teskari aloqa
deb ataladi.
 
1.6- rasm. Elastik teskari bog’lanish sxemalari:a, b, v - differensiallovchi;
g, d – integrallovchi
Agar tizimning kirishiga yuborilayotgan teskari aloqaning ta‘siri ishorasi 
jihatidan topshiruvchi ta‘sirning ishorasiga mos kelsa, u holda bunday aloqa 
musbat 
teskari aloqa
deb ataladi. ART ning ishiga barqaror rejimda ham, o`tkinchi rejimda 
ham ta‘sir ko`rsatuvchi teskari aloqa 
bikr qattiq teskari aloqa
deyiladi. Bu 
bog‘lanish ish rejimini tanlamaydi, balki tizimga har vaqt ta‘sir etadi. ART ning 
ishiga faqat o`tkinchi jarayonda ta‘sir ko`rsatuvchi teskari bog‘lanish 
elastik teskari 
aloqa 
deb ataladi. Elastik teskari aloqalar ularning kirishiga uzatilgan ta‘sirlarning 
orttirmasiga javob beradi (rejimni tanlaydi). Eng ko`p ishlatiladigan elastik teskari 
aloqalarning sxemalari 1.7-rasmda keltirilgan. Ta‘sirlarning hosilalariga javob 
beruvchi elastik bog‘lanishlar
differensiallovchi
, ta‘sirlardan olingan integrallarga 
javob beruvchilari esa 
integrallovchi elastik aloqalar
deyiladi. 
Agar avtomatik rostlash tizimida tizimning chiqishi uning kirishi bilan 


17 
biriksa, u holda bunday teskari aloqa 
asosiy teskari aloqa
deb ataladi. Asosiy 
teskari aloqalardan tashqari, mahalliy teskari aloqalar ham keng ko`lamda 
qo`llaniladi; bular ham bikr va elastik bo`ladi va ayrim elementlarning chiqishi 
bilan kirishini birlashtirib, ayrim elementlarning rostlanish xususiyatlarini 
yaxshilash uchun xizmat qiladi.
1.7- rasm. Avtomatik rostlashni eng oddiy tizimining sxemasi: 
1-rostlash ob’ekti; 2 - asosiy teskari bog’lanish elementi, 3- taqqoslash elementi;
4- kuchaytirgich; 5- ijro mexanizmi; 6- mahalliy teskari bog’lanish elementi 
(korrektlovchi element) 
 

Download 3,59 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   99




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Avtomatik rostlash tizimlarida teskari aloqalar

Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish