31
a)
b) v)
2.9-rasm. Qalqovichli (a), gidrostatik (b) va elektrodli (v) sath datchiklari
Elektrodli datchiklar
suyuqlik ichiga tushiriladigan bir va bir necha
elektrodlardan tashkil topgan bo`ladi. Bunday turdagi
datchiklarda suyuqlik
sathining o`zgarishi natijasida elektrodlar orasidagi muhitning aktiv va sigim
o`tkazuvchanligi
o`zgaradi.
Suyuqlik
muhitining
aktiv
o`tkazuvchanligi
o`zgarishiga asoslangan elektrodli sath datchigining sxemasi 2.9,v
- rasmda
keltirilgan.
Suvning sathini nazorat qilishda elektrodli datchiklar – sath o`zgarishlarining
diskret qiymatlarini aniqlashda keng qo`llanadi.
Suv elektr tokini yaxshi o`tkazuvchi muhit bo`lganligi uchun belgilangan
elektrodga yetganda yoki undan pastga tushganda signal paydo bo`ladi va suvning
sathi qanchaga o`zgarganini ko`rsatadi. Bundan tashqari suvning sathi o`zgarganda
uning o`tkazuvchan qatlamining balandligi o`zgaradi,
bu esa uning qarshiligini
o`zgarishiga olib keladi, natijada suvning sath o`zgarishini
aniqlash mumkin
bo`ladi. Elektrodli datchiklar ikki pozitsiyali rostlash tizimlarida diskret sathlarni
belgilash hamda murakkab rostlagichlarda sathni o`zgarish tezligini aniqlash uchun
qo`llanadi.