28
2.5.2. Sig
‘
im datchiklari
Sig‘im datchiklarida xilma-xil kirish kattaliklarni (chiziqli
va burchak
harakatlarni, mexanik kuchlanish, sath va kabilar) sig‘im o`zgarilishiga
aylantiriladi. Amalda sig‘im datchiklari kondensatorlardan yasaladi. O`lchaydigan
kattaliklariga qarab sig‘im datchiklari (2.7-rasm) yuzasi o`zgaruvchan, oraliq
masofasi o`zgaruvchan va dielektrik singdiruvchanligi o`zgaruvchan turlariga
bo`linadi.
2.7- rasm. Sig’im datchiklarining turlari
Tekis kondensatorning sig‘imi quyidagi tenglama orqali ifodalanadi:
C =
0
S /
,
(2.10)
bu yerda:
0
=8,85
10
-12
F/m - vakuumning dielektrik singdiruvchanligi;
-kondensatorning plastinalararo muhitining dielektrik singdiruvchanligi;
S-plastinalarning yuzasi;
- plastinalararo masofa.
Oraliq masofasi o`zgaruvchan datchiklar (2.7,a-rasm) 0,1...0,01mkm
aniqlikda
chiziqli harakatlarni, yuzasi o`zgaruvchan datchiklar (2.7, b-rasm)
chiziqli va burchak harakatlarini nazoratida va dielektrik singdiruvchanligi
o`zgaruvchan datchiklar esa (2.7, v - rasm) namlik, sath, kimyoviy tarkib kabi
kattaliklarini nazorat qilishda qo`llaniladi. O`lchash aniqligini va sezgirligini
oshirish maqsadida sig‘im datchiklari ko`priksimon sxemalarga ulanadi.
Avtomatlashtirish tizimlarida suyuqliklarning
sathini uzluksiz ravishda
nazorat qilish uchun «RUS» tipidagi sath datchiklarini qo`llash mumkin. Ushbu
datchiklar elektr o`tkazuvchan va elektr o`tkazmaydigan suyuqliklarning sathini
uzluksiz ravishda uzoq masofadan o`lchash va uni chiqishda o`zgarmas tok signali
ko`rinishiga keltirish uchun mo`ljallangan. Bu asbob agressiv va portlash
xususiyatiga ega bo`lgan suyuqliklar muhitida ham ishlashi mumkin. «RUS» sath
o`lchagichi gidromelioratsiya ob‘ektlarida texnologik jarayonlarni nazorat qilish va
29
boshqarish,
shuningdek, ochiq kanallarda sath o`lchash datchigi sifatida ham
qo`llaniladi. «RUS» sath o`lchagichi melioratsiya sohasida keng qo`llanilayotgan
datchiklardan hisoblanadi, chunki bu asbob yordamida olingan chiqish signali
o`zgarmas tok signaliga aylantirilib uni uzoq masofaga uzatish imkonini beradi.
Olingan tok signali statsionar o`zgartkich
orqali chastotaviy yoki
kodlashtirilgan signalga aylantirilib telemexanik sistema orqali dispecher punktiga
uzatilishi mumkin. Ye-832 o`zgartkichi shunday elementlardan biri hisoblanib, u
o`zgarmas tok signalini chastotaga aylantirib beradi. Ushbu o`zgartkich bilan
laboratoriya ishini bajarayotganda tanishish mumkin. Sath o`lchagich tarkibiga
birlamchi o`zgartkich (BO`) va uzatuvchi o`lchov o`zgartgichi (O`O`) kiradi.
«RUS» qurilmasining tarkibiy tuzilish sxemasi 2.8 - rasmda ko`rsatilgan. Birlamchi
o`zgartkich (BO`) quyidagi elementlardan ‗tashkil topgan: sig‘imli sezgir
element I
(yuqori karroziyaga qarshi xususiyatga ega bo`lgan fotoplastik izolyatsiyali PNFD
nikelli o`tkazgich), sig‘imli generator - o`zgartkich 3 kalibrli sig‘imlar batareyasi 2
va o`zgarmas tok ko`prik sxemasi 4 dan ‗tashkil topgan elektron blok.
Birlamchi o`zgartkich tekshirilayotgan suyuqlik sathini o`zgarishini elektr
sig‘imga (S) aylantirib so`ngra yana bu signalni o`zgarmas tokli kuchlanishga
o`zgartirib berish uchun xizmat qiladi.
Uzatuvchi o`lchov o`zgartkichi (O`O`) o`zgarmas tok kuchaytirgichi 5 va
chiqish signalini bir me‘yorga keltiruvchi kuchaytirgich 6 dan tashkil topgan. Bu
o`zgartkichning vazifasi sath o`lchagichning barcha qismlarini stabil o`zgarmas
kuchlanish bilan ta‘minlash, qayta bog‘lanish signalini hosil qilish, bir xil qiymatga
ega bo`lgan o`zgarmas tokning chiqish signalini hosil qilish hisoblanadi.
2
.8-rasm. «RUS» sath o`lchagichining tarkibiy sxemasi
30
Sxemadagi qayta bog‘lanish chiqishdagi tok signalining o`lchanayotgan
suyuqlikning sathiga nisbatan chiziqli bog‘lanishini hosil qiladi. Chiqish signalini
bir ma‘yorga keltiruvchi 6 kuchaytirgichdan olingan
signal suyuqlik sathining h
holatiga to`g‘ri proporsional bo`lib, sath ko`rsatkichi hisoblanadi.
Sigim datchiklarining afzalliklari: soddaligi, ixchamligi, arzonligi va kichik
inersionligi. Kamchiliklari: chiqish
signalining quvvati pastligi, o`lchov natijalari
atrof muhit ko`rsatkichlariga bog‘liqligi, ulaydigan simlar va qurilma metall
qismlarning sig‘imlari turlicha ta‘sir qilib, detallarning o`zaro joylashishiga
bog‘liq.