9
avtomatik tizimning dinamik rejimdagi ishini aniqlaydi.
Har bir elementning umumiy va asosiy tavsifnomasi uning o`zgartirish
koeffitsiyenti, ya‘ni element chiqish kattaligining kirish kattaligiga bo`lgan
nisbatiga teng. Avtomatik tizimlarning elementlari miqdor va sifat o`zgartirishlarni
bajaradi. Miqdor o`zgartirishlar kuchaytirish, stabillash va boshqa koeffitsiyentlarni
nazarda tutadi. Sifat o`zgartirishada bir fizikaviy kattalik ikkinchisiga o`tadi. Bu
holda o`zgartirish koeffitsiyenti
element sezgirligi
deyiladi.
Avtomatika elementining yana bir muhim
tavsifnomasi - element
(kirish
kattaligi
o`zgarishiga
bog‘liq bo`lmagan)
chiqish kattaligining
o`zgarishidan hosil bo`lgan o`zgartirish xatosidir.
Bu xatoga sabab atrof-muhit
haroratining, ta‘minlash kuchlanishining o`zgarishi va kabilar bo`lishi mumkin.
Element xarakteristikalarining o`zgarishi natijasida paydo bo`ladigan xato
nostabillik
deb ataladi.
Ba‘zi elementlarning chiqish va kirish kattaliklari o`rtasida ko`p
qiymatli
bog`lanish mavjud. Bunga quruq ishqalanish, gisterezis va boshqalar sabab bo`lishi
mumkin. Bunda kattalikning har bir kirish qiymatiga
uning bir necha chiqish
qiymatlari mos keladi. Sezgirlik chegarasining mavjudligi shu hodisa bilan bog‘liq.
Kirish kattaligining element chiqishidagi signalini
sezilarli darajada
o`zgartirish qobiliyatiga ega bo`lgan
qiymati