• 1.2. Ochiq va berk sikllar bo`yicha rostlash
  • O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus




    Download 3,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/99
    Sana18.05.2024
    Hajmi3,59 Mb.
    #242311
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
    Bog'liq
    darslik avtomatika asoslari

    sezgirlik chegarasi
    deyiladi. 
    Avtomatika elementlari mustahkamlik bilan ham harakterlanadi. Elementlarning 
    sanoat ekspluatatsiyasida o`z parametrlarini yo`l qo`yiladigan chegarada saqlash 
    qobiliyatiga 
    mustahkamlik
    deb ataladi. Mustahkamlik elementni loyihalash vaqtida 
    hisoblanadi va uni ishlab chiqarilgandan so`ng ekspluatatsiya jarayenida sinaladi. 
     
    1.2. Ochiq va berk sikllar bo`yicha rostlash 
    Tizimning ish jarayonida rostlanadigan miqdorni belgilangan chegarada 
    saqlash yoki topshiriqdagi qonun bo`yicha o`zgartirish rostlanishning ochiq yoki 
    berk sikllari bo`yicha bajarilish mumkin. Ketma-ket ulangan: rostlash ob‘ekti RO, 
    rostlanuvchi organ RO, rostlagich R va topshirgich T (bu qurilma yordamida 
    tizimga topshiruvchi ta‘sir 
    x(t)
    beriladi) dan tuzilgan tizimni ko`rib chiqamiz.
    Ochiq sikl (1.2 - rasm, a) bo`yicha rostlashda topshirgichdan rostlagichga 
    keladigan topshiruvchi ta‘sir ob‘ektga bu ta‘sir natijasining funksiyasi bo`lmaydi, 
    balki u operator tomonidan topshiriladi. Topshiruvchi ta‘sirning ma‘lum qiymatiga 
    rostlanadigan miqdor 
    y(t)
    ning ma‘lum joriy qiymati mos keladi. Bu joriy qiymat 
    g‘alayonlantiruvchi ta‘sir 
    F(t)
    ga bog‘liq. 


    10 
    1.2-rasm. Ochiq (a) va berk (b) sikllar bo`yicha rostlash sxemalari: 
    T - topshirgich; R – rostlagich; RO – rostlovchi organ; RO- rostlash ob’ekti; x(t)
    - topshiruvchi ta’sir; Z
    1
    (t) va Z
    2
    (t) – ichki rostlovchi ta’sir; y(t) – rostlanadigan 
    miqdor; F(t) - g’alayonlantiruvchi ta’sir 
    Ochiq tizim aslida uzatish zanjiridan iborat bo`lib, topshirgichdan berilgan 
    topshiruvchi ta‘sir 
    x(t) 
    rostlagichda ichki ta‘sirlar 
    Z
    1
    (t); Z
    2
    (t) 
    vositasida kerakligicha 
    ishlagandan keyin rostlsh ob‘ektiga uzatiladi, ammo ob‘ekt rostlagichga teskari 
    ta‘sir etmaydi. 
    O`zgarmas tok motori 
    M
    ning aylanish chastotasini boshqarish sxemasi 
    1.3,a – rasmda keltirilgan. Reostat 
    R
    ning surilgichi vaziyatini o`zgartirganda 
    generator 
    G
    ning qo`zg‘atish chulg‘ami 
    I
    da qo`zgatish toki o`zgaradi, bu esa unda 
    e.yu.k.. ning, binobarin, motor M ga keltiriladigan kuchlanishning ham 
    o`zgarishiga sabab bo`ladi. Motor M bilan bir valga o`rnatilgan taxogenerator TG 
    motor valining aylanish chastotasi 

    ga proporsional e.yu.k. hosil qiladi. 
    Taxogeneratorning cho`tkalariga ulangan voltmetr aylanish chastotasining 
    birliklarida darajalangan shkalasi bo`yicha motorning chastotasini faqat vizual 
    nazorat qilishga imkon beradi. Agar mashinalarning tavsifnomalari stabil bo`lsa, u 
    holda reostat surilgichining har bir vaziyatiga motor aylanish chastotasining 
    ma‘lum qiymati mos keladi. Mazkur tizimda rostlagich ob‘ektga ta‘sir etadi, ammo 
    teskari ta‘sir bo`lmaydi; tizim ochiq sikl bo`yicha ishlaydi. 
    Agar 
    tizimning 
    chiqishi 
    rostlagichga 
    doim 
    ikkita 
    signal 
    -
    topshirgichdan chiquvchi signal va ob‘ektning chiqishidan signal keladigan qilib 
    rostlagichga birlashtirilsa, u holda berk sikl (1.2,b-rasmga qarang) bo`yicha 
    ishlaydigan tizim hosil bo`ladi. Bunday tizimda faqat rostlagich ob‘ektga emas, 
    balki ob‘ekt ham rostlagichga ta‘sir beradi. 1.3, b-rasmda keltirilgan o`zgarmas tok 


    11 
    motori M ning aylanish chastotasini boshqarish sxemasida tizimning chiqish 
    taxogenerator TG, reostat R
    1
    , kuchaytirgich K va reostat R harakatlanuvchi 
    qismining yuritish motori M1 vositasida tizimning kirishiga birlashtirilgan. Bu 
    sxemada motorning aylanish chastotasi avtomatik nazorat o`rnatilgan. Aylanish 
    chastotasi har qanday o`zgarganda motor M1 da signal paydo bo`ladi va u reostat R 
    ning harakatlanuvchi qismining u yoki bu tomonga (motor M ning belgilangan 
    aylanish chastotasiga mos vaziyatdan) siljitadi. Agar aylanish chastotasi biror 
    sababga ko`ra kamaysa, u holda reostat R ning harakatlanuvchi qismi generatorning 
    qo`zg‘atish chulg‘ami M1 da qo`zg‘atish toki oshadigan vaziyatni egallaydi. Bu hol 
    generator kuchlanishining oshishiga, binobarin, motor M aylanish chastotasining 
    ham oshishiga olib keladi, ya‘ni aylanish chastotasi boshlang‘ich qiymatiga 
    erishadi. Motor M ning aylanish chastotasi oshganda reostat R ning 
    harakatlanuvchi qismi teskari yo`nalishda siljiydi, natijada motor M ning aylanish 
    chastotasi kamayadi.
    Avtomatik rostlashning ochiq tizimi tizimga keladigan g‘alayonlar 
    boshqacha bo`lib qolganda o`zining ish rejimini operatorning ishtirokisiz mustaqil 
    o`zgartira olmaydi. Berk zanjir tizimda sodir bo`ladigan har qanday o`zgarishlarga 
    avtomatik javob qaytaradi.
    1.3- rasm. O`zgarmas tok motorining aylanish chastotasini ochiq (a) va berk (b) 
    sikllar bo`yicha boshqarishning prinsipial sxemalari: R – reostat; I – gene-
    ratorning qo`zg’atish chulg’ami; G- generator; II- motorning qo`zg’atish 
    chulg’ami; M – motor; TG- taxogenerator; M1 – reostatning harakatlanuvchi 
    qismini yurituvchi motor; K – kuchaytirgich 

    Download 3,59 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




    Download 3,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus

    Download 3,59 Mb.
    Pdf ko'rish