-bob. Avtomatika asoslari va ishlab chiqarish jarayonlarini




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/99
Sana18.05.2024
Hajmi3,59 Mb.
#242311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
darslik avtomatika asoslari

1-bob. Avtomatika asoslari va ishlab chiqarish jarayonlarini
avtomatlashtirish haqida umumiy tushunchalar 
1.1. Avtomatika elementlari va ularning asosiy ko`rsatkichlari 
 
Avtomatika elementi
deb tekshirilayotgan fizik kattalikni birlamchi 
o`zgartiruvchi moslamaga aytiladi. Avtomatika elementlari to`rt xil tarkibiy 
belgilanish sxemalaridan iborat bo`ladi: oddiy bir martali (birlamchi) to`g`ridan-
tq`g`ri o`zgartirish; ketma-ketli to`gridan-to`gri o`zgartirish; differensial sxemali
kompensatsion sxemali. 
Oddiy o`lchash o`zgartirgichlari bir dona elementdan ‗tashkil topgan 
bo`ladi. Ketma-ketli o`zgartgichlarda esa oldindagi o`zgartirgichning kirish 
ko`rsatkichi keyindagi o`zgartgichning chiqishi hisoblanadi. Odatda birlamchi 
o`zgartirgich sezgir element (SE), oxirgi (keyingi) o`zgartirgich esa chiqish elemeti 
deb yuritiladi. O`zgartirgichlarning ketma-ketligi ulanish usuli, bir martali 
o`zgartirishda chiqish signalidan foydalanish qulay bo`lgan sharoitda qo`llaniladi.
Differensial sxemali o`lchash o`zgartirgichlari nazorat qilinayotgan 
kattalikni uning etalon qiymatlari bilan solishtirish zarurati bo`lganda qo`llaniladi.
Kompensatsion sxemali o`zgartirgichlar usuli esa yuqori aniqlik bilan 
ishlashi, universalligi hamda o`zgartirish koeffitsiyentining tashqi ta‘sirlarga 
deyarli bog‘liq emasligi bilan ajralib turadi. 
Avtomatika elementlari tizimning eng asosiy qismi bo`lib, quyidagi 
funksiyalardan birini bajaradi: 
- nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni qulay ko`rinishdagi signalga 
o`zgartirish (birlamchi o`zgartgich - datchiklar); 
- bir energiya ko`rinishidagi signalni boshqa energiya ko`rinishidagi signalga 
o`zgartirish (elektromexanik, termoelektrik, pnevmoelektrik, fotoelektrik va hokazo 
o`zgartgichlari);
-signal 
tabiatini 
o`zgartirmasdan 
uning 
kattaliklarini 
o`zgartirish 
(kuchaytirgichlar); 
- signalning korinishini o`zgartirish (analog-raqam, raqam- analog 
o`zgartkichlari). 
- signalning shaklini o`zgartirish (taqqoslash vositalari), 
- mantiqiy operatsiyalarni bajarish (mantiqiy elementlar), 
- signallarni taqsimlash (taqsimlagich va kommutatorlar), 
- signallarni saqlash (xotira va saqlash elementlari), 



- programmali signallarni hosil qilish (programmali elementlar), 
- bevosita jarayonga ta‘sir qiluvchi vositalar (ijrochi elementlar). 
Avtomatika elementlarining funksiyalari har xil bo`lishiga qaramay,
ularning parametrlari umumiy hisoblanadi va ularga qiyidagilar kiradi: 
- statik va dinamik rejimlardagi tavsifnomalari; 
- uzatish koeffitsiyenti (sezgirlik, kuchaytirish va stabilizatsiya 
koeffitsiyentlari); 
- xatolik (nostabillik); 
- sezgirlik chegarasi. 
Har bir avtomatika elementi uchun turgunlashgan rejimda kirish 
x
va
chiqish signallari 
u
orasida 
u=f(x)
bog‘liqlik mavjud. Ushbu bog‘liqlik elementning 
statik tavsifnomasi deyiladi. Ularni uch guruhga ajratiladi:
a) chiziqli, b) uzluksiz nochiziqli, v) nochiziqli uzlukli (1.1-rasm). 

Download 3,59 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Avtomatika asoslari va ishlab chiqarish jarayonlarini

Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish