Avtomatikaning boshqarish sxemalari




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/99
Sana18.05.2024
Hajmi3,59 Mb.
#242311
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99
Bog'liq
darslik avtomatika asoslari

1.5. Avtomatikaning boshqarish sxemalari
Avtomatik tizimlar, elementlar va moslamalarning montaj, sozlash, rostlash, 
ekspluatatsiya qilish kabi ish jarayonlarni bajarish maqsadida avtomatik 
sxemalardan foydalinadi. Avtomatika sxemalari asosiy xujjat hisoblanadi va ular 
funksional, strukturaviy, prinsipial va montaj sxemalariga bo`linadi. 
Funksional sxemalar moslamalarni, elementlarni, vositalarni o`zaro 
bog‘lanishlarini va harakatlanishlarini ifodalaydi. Elementlar sxemada to`rtburchak 
shaklida belgilinadi, ularning orasidagi aloqalar esa strelkali chizilar bilan 
belgilanadi. Strelkaning yo`nalishi signalning o`tishini ko`rsatadi (1.8 - rasm). 


18 
1.8 - rasm
.
TE - taqqoslash elementi;
BK-boshqarish va qabul qilish elementi; 
IM - ijro mexanizmi; BO- boshqarish 
ob’ekti; BO` - birlamchi o`zgartkich 
1.9- rasm. Avtomatlashtirish tizimining 
tarkibiy tuzilish sxemasi 
 
Tarkibiy tuzilish sxemasi avtomatik tizimni ‗tashkil iy qismlarining o`zaro 
bog‘lanishlarini ko`rsatib, ularning dinamik xususiyatlarini tavsiflaydi. Tarkibiy 
tuzilish sxemalari funksional va prinsipial sxemalar asosida ishlanadi. 
Tarkibiy tuzilish sxemasida aniq vosita, rostlagich, element ko`rsatilmasdan, 
balki o`tayotgan fizikaviy jarayonning matematik modeli ko`rsatiladi. Tarkibiy 
tuzilish sxemasida elementlar to`rtburchak shaklida ifodalanadi va ularning ichida 
elementning matematik modeli yoziladi (1.9- rasm) 
Avtomatik rostlash tizimining keyingi taxlili elementlarning dinamik 
harakteristikalarini aniqlash va tizimning tarkibiy tuzilish sxemasini yaratishdan 
iborat bo`ladi. Bu tizimning tarkibiy tuzilish sxemasi 1.10- rasmda keltirilgan. 

TO
h
ber
h
kir
u
q
h
 
1.10- rasm. ART ning dinamik tavsifi asosidagi tarkibiy tuzilish sxemasi 
Prinsipial sxemalar elementlarning o`zaro elektr ulanishlarni ifodalaydi. 
Ushbu sxemada avtomatika elementlari davlat standartlariga binoan belgilanadi. 
Prinsipial sxemadagi shartli belgilar butun mosmlamani, tizimning ish prinsipini 
tushunishga yordam beradi (1.11- rasm). 
 
k
ke
k
p
W


Download 3,59 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish