194
tashkil topgan yopiq zanjir.
Termo e.yu.k.
- harorat ta`sirida termojuft zanjirida hosil bo`luvchi e.yu.k.
Texnologik jarayonlar
- xom ashyoni va yarim fabrikatlarni qayta ishlashga
yo`naltirilgan mexanikaviy, fizik-kimyoviy va boshqa jarayonlarni yig`indisi.
Tyagomer
- kichik vakuumni o`lchaydigan asbob.
Turbina
- vintli parrak bo`lib, sarf miqdorini o`lchaydi .
Tenzometrik datchik
- og`irlik kuchini E.Yu.K. ga aylantirib beruvchi qurilma.
Tizimning turg’unligi
- har qanday ta`sir natijasida tizim yana muvozanatlangan
holatga qaytishi.
Texnologik tizim
- jarayon sodir bo`ladigan muhit, apparat va h.k.
Tizimli tahlil usuli
- katta tizim kichik tizimlarga bo`linib, kichik tizimlar alohida
o`rganiladi va ularda olingan natijalar umumlashtirilib katta tizimni o`rganish
uchun qo`llaniladi.
Toydiruvchi ta`sir-
boshqariluvchi kattalikning berilgan o`zgarish qonunini
buzuvchi ta`sir
U
Uzluksiz jarayon
– to`xtamasdan davriy bajariladigan jarayon.
Uzatish funksiyasi
-boshlang`ich shartlar nolga teng bo`lgan vaqtda
W(p)
operator
shaklidagi chiquvchi kattalikning kirish kattaligiga nisbati.
Unifikasiyalangan elektr signali
- 0-5 ma, 4-20 ma, 0-10 V chegarada o`zgaruvchi
elektr signallar .
Unifikasiyalangan pnevmatik signal
- 0,02-0,1 MPa chegarada o`zgaruvchi
pnevmatik signal
X
Xotira qurilmalari
- dastlabki ma`lumotlarni, hisoblashlarning
oraliq qiymatlarini,
doimiy kattaliklarni, funksiyalar qiymatlarini, programmaga tegishli komandalarni,
masala natijalarini xotirada saqlash, shuningdek jarayonor
bilan tashqi manbalar
ishini muvofiqlashtirish uskunalari