|
Shaxsning psixologik tuzilishi modellari tahlili
|
bet | 103/314 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 3,55 Mb. | | #138209 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim
Shaxsning tuzilishi to’g’risidagi muammo o’zining tadqiqot doirasi predmetidan tashqariga chiqadi. Shaxs tuzilishiga oid ilmiy tasavvurlarning yaratilishi, ishlab chiqilishi yaxlit nazariyaning zaruriy sharti hisoblanib, insonning ijtimoiy mohiyati qirralarini ochish imkoniga egadir. Xuddi shu boisdan psixologiya hamda uni talqin qilish yuzasidan falsafa, pedagogika, tibbiyot singari fanlarning namoyondalari tomonidan turlicha fikrlar bildirilayotganligi keltirib chiqarilayot-ganligi bunga yaqqol misoldir.
Psixologiya fanida shaxsga strukturaviy yondashish bo’yicha eng salmoqli ilmiy izlanishlar amalga oshirilganligi qonuniy holat bo’lib, shaxs tuzilishning xilma-xil modeli yaratilganligi fikrimizning yorqin dalilidir. B.G.Anan'evning fikricha, psixologik hodisalarni aql (intellekt), hissiyot (emosiya) va irodaga ajratish jarayonini inson psixologiyasida strukturaviy yondashish tajribasining dastlabki ko’rinishi bo’lib, uning qaqchilligi ko’pgina psixologlar tomonidan tan olingan. L.S.Vigotskiyning mulohazasiga ko’ra, insonning psixik funksiyalarini yuksak, madaniy hamda quyi, tabiiy turlarga ajratish mumkin. Chunki ularning negizida ta'lim bilan insonning oliy nerv faoliyatida birinchi va ikkinchi signallar tizimi o’zaro ta'sirining ifodalanishi yotadi.
Shaxs tuzilishining modelini ishlab chiqishdagi muhim qiyinchilikni eng asosiy sababi har xil nuqtai nazarlar mavjudligida namoyon bo’ladi. Ular shaxsning tuzilishiga ko’ra substansional va ideal, irsiy va psixologik tomonlarga ega bo’lib, u V.M.Banshikov tadqiqotlarida asoslaniladi.
Mulohazadan ko’rinib turibdiki, bunda shaxsning "substansional tomonini" irsiy, kundalik faoliyatda egallagan somatik jabhalar bilan taqqoslaganda, mustaqil strukturaviy tarkib sifatida, alohida reallikka ega emas. Bunday tahlil individual voqelik ustida gap borayotganini bildiradi. A.G.Kovalevning fikricha, temperament tabiiy xususiyatlarning muhimligini bildirib keladi.
|
| |