|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim
|
bet | 105/314 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 3,55 Mb. | | #138209 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'limK.K.Platonov tomonidan ilgari surilgan shaxsning dinamik funksional tuzilishi katta qiziqish uyg’otadi. Olim shaxs xususiyatlarining barcha boyliklarini qamrab oluvchi modelini yaratishga intiladi. Shaxs xususiyatlari, qiyofasi uning tuzilish elementlari bo’lib, xossalari hisoblanadi. K.K.Platonov shaxs tuzilishini turli tomonlariga aloqador 4 tuzilmaga ajratadi :
Shaxsning axloqiy munosabatga yo’nalganlikni birlashtiruvchi ijtimoiy shartlangan osttuzilish. Bu osttuzilishga aloqador shaxsning xislatlari tabiiy mayllarga bevosita bog’liq bo’lmay, tarbiyaviy yo’l bilan shakllantiriladi.
Tajriba osttuzilishi, unga ta'limiy yo’l bilan egallagan bilimlar, malakalar, ko’nikmalar, odatlar kiradi. Ammo bu narsa shaxs qiyofasining biologik shartlangan ta'siri ostida kechadi. Ushbu ost tuzilish orqali shaxs insoniyatning tarixiy tajribasi bilan bog’liq bo’ladi.
Shaxsning individual xususiyatlari bilan shartlangan ba'zi psixik jarayonlar kiritiladi. Bunda biologik shartlangan xususiyatlarining ta'siri aniqroq ko’zga tashlanadi.
Biologik shartlangan osttuzilish bo’lib, biopsixik xususiyatlarni fazilatlar temperament, jinsiy va yosh xususiyatlar, shuningdek, insonning patologik o’zgarish birlashtiradi. Bu ost tuzilish mashq orqali shakllantiriladi.
K.K.Platonov "shaxsning tomonlari va uning ost tuzilishi" tushunchalarini sinonim sifatida qo’llanilganligini quyidagicha izohlab beradi: shaxsning moddiy jabhalari emas, balki funksional tomonlarining o’zaro ta'siri to’g’risida to’xtalish muhimdir".
V.S.Merlin ham shaxsning tuzilishi masalasiga alohida ahamiyat bergan. Uning fikricha, shaxsning qismlarga ajratib talqin qilinmaydigan jabha bu uning xislatidir, ularning har biri muayyan yo’nalganlik mohiyatini mujassamlashtirgan bo’lib, shaxs munosabatini aks ettiradi. Shaxs tuzilishi deganda V.S.Merlin bo’yicha insonning o’z-o’ziga, o’zgalarga, mehnatga u yoki bu munosabatni o’zida birlashtiruvchi shaxs xususiyat-larining tashkiliy aloqadorligini anglatuvchi "simptokomleks" - ni tushuniladi. Tadqiqotchi N.I.Raynvaldning fikricha,
shaxsning tuzilishi va uning har bir qiyofasi (timsoli) uch mezon asosida tahlil qilinishi lozim:
Orientirovka darajasi va anglanganlik xususiyati;
U yoki bu ehtiyojiy holatlarni harakatlantirishning xususiyati hamda tashkiliyligi;
Insonning emosional irodaviy bilishga oid sifatlarini namoyon bo’lishining jadalligi, jiddiyligi va zo’riqishi va boshqalar
N.I.Raynvaldning izohlashicha, faollikning regulyasiyasida psixik funksiyalarni umumlashgan guruhlashtirish uch o’lchovli (mezonli) tasnifi aql (intellekt), hissiyot (emosiya) va iroda mohiyati zimmasiga tushishi, shaxs tuzilishini temprament, xarakter va qobiliyatlarga, ikkinchi tomondan esa ekstroversiya, introversiya omillariga ajratilishiga barham beradi.
N.I.Reynvaldning ushbu yondashuvi A.R.Luriyani miya faoliyatining uch blokli rolli tasnifiga bevosita mos tushadi, chunonchi aql (intellekt) ko’p qollarda informasion blok orqali amalga oshadi, iroda (tashkililik) programmalashtirish bloki bilan bog’liq, xilma-xil emosional holatlar (hissiyot) yuzaga kelishining negizida "energetik" blok yotadi.
Aql, hissiyot, iroda va ularni ro’yobga chiqaruvchi miyaning bloklari, harakatlantiruvchilarni emas, balki o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan insonning atrof- muhitga nisbatan munosabatining uch tomonini anglatadi. Keltirilgan fikr mulohazalardan shuni xulosa qilish mumkinki, shaxsning tuzilish tarkibi, uning o’ziga xos individual xususiyatlari bilan belgilansa, ayrim olimlar tomonidan tashqi ob'ektiv omillar asosida yuzaga kelishi ko’rsatib o’tilgan.
|
| |