|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim
|
bet | 13/314 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 3,55 Mb. | | #138209 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'limIkkinchi signal tizimi - odamga xos shartli reflektor bog’lanishlar tizimi bo’lib, nutq signallarining bevosita ta'sirida shakllanadi, I.S.T. - birinchi signal tizimi asosida hosil bo’ladi. Bu - umumlashgan mavhum tafakkurning asosi.
Mielin (yunon. myelos - iliq)- nerv tolalarnnnng yumshoq qobig’i tarkibiga kiruvchi yog’simon moddalar aralashmasi.
Neyron (lot. neoron - tola, ip) - asab tizimining asosiy tuzilishi va funksional birligi, u asab katakchalari, to’qima va undan uzoqlashuvchi o’simtalardan iborat.
Nervlar - tizimchasimon murakkab tuzilma, nerv tolalari tutami, ular miyani va nerv tushunchalarini tananing boshqa a'zolari bilan bog’laydi.
Ong - ob'ektiv borliqni psixik aks etgirishning faqat insongagina xos yuqori usuli. Odamlarning ijtimoiy tarixiy faoliyati vositasida paydo bo’lgan.
Ongsizlik - odam ongiga borib yetmagan psixik jarayonlar majmui.
Ong osti holatlari - aktual ravishda anglab olinmaydigan psixik jarayonlar va psixik holatlar yig’indisi. Odamning xatti -harakatlari va uning ongi mazmuniga ta'sir etishga qodir.
Psixika (yunon. psychikos - ruhiy) - yuksak darajada tashkil topgan materiya
- miyaning funksiyasi. Uning mohiyati tuyg’ular, idrok, tasavvur, fikrlar, iroda va boshqalar ko’rinishida aks etirishdan iborat.
Psixik jarayonlar - u yoki bu psixik mahsulot va natijalarni (psixik obrazlar,holatlar, tushunchalar, hissiyot va x.k.) hosil qiluvchi, shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi jarayon.
Psixologiya (yunon. Psyche - puh logos - bilim) - odamning ob'ektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg’u - hissiyot va boshqa psixik holatlar orqali aks ettirish jarayonini o’rganadigan fan.
Refleks (lot. Reflexus - aks etish) - organizmning markaziy nerv tizimi orqali ichki yoki tashqi muhit omillari ta'sirida reseptorlar qo’zg’alishiga javoban ko’rsatiladigan reaksiyasi.
|
| |