Ongning ikkinchi xossasiga binoan, ongda ob'ekt bilan sub'ekt o’rtasidagi aniq farq o’z ifodasini topadi, ya'ni odam "men" degan tushunchani "men emas" tushunchasidan farqini ajratadi. Odam o’zini bilish qobiliyatiga ega bo’lgan, ya'ni psixik faoliyatda o’z-o’zini tekshira oladigan yagona mavjudotdir.
Ongning uchinchi xossasiga asosan ong yordami bilan odamning maqsadni ko’zlash faoliyati ta'minlanadi. Faoliyat maqsadlarini yaratish ongning vazifasiga kiradi. Bunday faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab ko’riladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarish yo’llari hisobga olinadi.
Ongning to’rtinchi xossasiga asosan turli munosabatlardan ongli ravishda turli his-tuyg’ular yuzaga keladi. Ong kishilar munosabatlarining yig’indisidir.
Ong yuzaga kelishining asosiy sharti, vositasi tildir. Psixikaning eng quyi darajasi ongsizlikdir.
Ongsizlik - bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig’indisiki, unda inson o’z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Bunga tush ko’rish, ba'zi patologik hodisalar, alaxlash, gallyusinasiya kabilar kiradi. Xulosa qilib aytganda, psixologiya hayot faoliyatining o’ziga xos shakli bo’lib, psixik rivojlanishning qonuniyat va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir. Psixologiya fanining asosiy vazifasi psixik hodisalarni o’rganish va ilmiy asoslashdir. Psixik hodisalar ma'lum qonuniyatlarga bo’ysunadi. Psixologiya shunday qonuniyatlarni mohiyatini ochishga, ularni tarkib topishi va rivojlanishini o’rganishga qaratilgandir. Ushbu qonuniyatlarni bilish, ularni boshqarish, tashkil etish, ta'lim-tarbiya jarayonini to’g’ri olib borishga yordam
beradi.
Mavzu yuzasidan amaliy topshiriqlar 1 - Topshiriq
Quyidagi hukmlardan qaysi biri psixikaning tabiatini idealistik nuqtai nazardan va qaysi biri materialistik qarashda tushuntiradi?
psixika o’zga alohida bir olamdir. U tashqi sabablarga bog’liq emas;
psixika eng yuqori darajada tashkil topgan materiya ya'ni - miyaning xususiyatidi;
v) psixikani faqat o’z-o’zini kuzatish orqali o’rganish mumkin;