• A.Orbeli
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim




    Download 3,55 Mb.
    bet133/314
    Sana15.01.2024
    Hajmi3,55 Mb.
    #138209
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   314
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim

    Proprioseptiv sezgilar gavdaning fazodagi holati to’g’risida signallar bilan ta'minlab turadi. Ular inson harakatining boshqaruvchisi hisoblanib va afferent asosini tashkil qiladi.
    Pereferik reseptorlar muskullar, pay va bo’g’imlarda joylashgan bo’lib, maxsus tanachalar shakliga ega va ular Puchchini tanachalari deb ataladi.
    Tanachalarda vujudga keluvchi qo’zg’atuvchilar muskullarning harakatlashuvi natijasida va bo’g’imlar holatining o’zgarishi, nerv tolalari yordamida, orqa miyaning orqa ustunidagi oq suyuqligiga etkaziladi. qo’zg’ovchilar Burdax va Goll yadrosining quyi bo’limlariga yetib keladi va undan po’stosti tugunchalaridan o’tib, bosh miya katta yarim sharining qoronqulashgan zonasida harakatlarini yakunlaydilar.
    Proprioreseptorlar harakatning afferent asosi ekanligini A.Orbeli tomonidan, hayvonlarda P.K.Anoxin, odamlarda esa N.A.Bernshteynlar tomonidan o’rganilgan.
    Psixologik ma'lumotlarga ko’ra, gavdaning fazodagi holati, sezgirligi statik sezgilarda o’z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo’lib, ular o’zaro bir-biriga perpendikulyar bo’shliqda tutash holatda yotadi.
    Masalan, bosh holatining o’zgarishi quyidagi sxemada ko’rish mumkin:

    1. endolimfa suyuqligiga bog’liq qo’zg’alish;

    2. eshitish nervi;

    v) vestibulyar nervi;
    g) bosh miya po’stining chakka bo’lmasi;
    d) miya apparatiga o’tadi;
    Vestibulyator sezgi apparati ko’rish bilan bevosita aloqada bo’lib, fazoni mo’ljalga olish (orientirlash) jarayonida ishtirok etadi. Masalan, avtomobil yo’lidan o’tish va hokazo. Bu jarayon patologik holatda ham uchrashi mumkin.
    Ekstroreseptiv sezgilar intermodal, nospesifik sezgi turkumlariga ham ajratiladi. Masalan, eshitish organi orqali 10-15 sekundga tebranishni sezish mumkin, lekin quloq bilan emas, balki suyaklar yordamida (miya qopg’og’i, tirsak, tizza uchlari) payqash - vibrasiya sezgilari deyiladi. Masalan, karlarni tovushlarni idrok qilishi. Odatda vibrasion sezgirlik intermodal sezgi deb ham nomlanadi. Uning quyidagi ko’rinishlari qam mavjud:

    1. hid, ta'm va maza sezgilarida;

    2. o’ta kuchli tovushda, o’ta yorqin yorug’likda;

    1. uch xil ta'sirning uyg’unlashgan integrativ holatida;

    Sezgining nospesifik shakliga terining foto sezgirligi kirib, u ranglarni, nozik jumlalarni ajratish, qo’l uchlari bilan sezish orqali ro’yobga chiqadi. Terining foto sezgirligi A.N.Leontev tomonidan kashf qilingan bo’lib, bu narsa ko’pgina holatlarga oqilona yondashish imkoniyatini vujudga keltiradi. Tadqiqot asosan qo’l uchiga yashil va qizil ranglarni yuborish orqali amalga oshirilgan. Terining foto sezgirligi tabiati psixologiyada yetarli darajada o’rganilmagan.

    Download 3,55 Mb.
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   314




    Download 3,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim

    Download 3,55 Mb.