• Xristian Volf
  • Berkli, Yung, Myuller, Gelmols
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim




    Download 3,55 Mb.
    bet140/314
    Sana15.01.2024
    Hajmi3,55 Mb.
    #138209
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   314
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim

    Sezgilar kontrasti qarama-qarshi sifatga ega bo’lgan bir vaqtdagi qo’zg’alish tufayli sezgirlikning o’zgarishidir. Masalan, tinch joyda tovush kuchliroq seziladi. Oqimtir fonda qora rang qoraroq, qoramtir fonda oq rang yana ham och bo’lib seziladi. Odam charchaganda sezgirlik pasayadi. harakat oshganda sovuqqa sezgirlik o’tkirlashadi. Sezgirlik kasbga ham bog’liq. Masalan, rassomlarda rang sezish, musiqachilarda tovush sezish va shu kabilar.

    Sezgi borasidagi nazariyalar


    Psixologiya fanida shunday ilmiy dalillar mavjudki, mobodo inson axborotlarning shaxobchasidan mahrum bo’lsa, u holda u uyqu faoliyatiga
    sho’ng’iydi. Masalan, teri tuyish sezgilari patologiyaga uchrasa, unda odam (ko’pincha vaqtincha muvaqqat) ko’rish, eshitish, hid sezgisidan mahrum bo’lishi mumkin. Mobodo axborotlarni kuzatish shaxobchasi ilk bolalik yoshi davrida buzilsa, kar yoki ko’r bo’lib qolsa, u taqdirda uning aqliy rivojlanishida keskin to’xtalish, vaqtincha orqada qolish yuzaga keladi. Agar bola maxsus usul yoki uslubga o’rgatilmasa, tabiiy ravishda mavjud kamchiliklarning o’rnini to’ldirib bo’lmaydi.
    Nemis faylasufi Xristian Volf "Rasional psixologiya" (1732 yil) va "Empirik psixologiya" (1734 yil) kitoblarida ongning ichki holati, aqliy fikr yuritishga qobiliyatning tabiiy moddiy asosi zamiridan kelib chiqib, tashqi olamdan kelib tushadigan axborotlar shaxobchasiga, ya'ni sezgi kanaliga hech qanday bog’liq emas, deb tushuntirishga harakat qildi. Sezgilarga mana bunday yondashish nazariyotchisi "fanga rasionalizm" tushunchasi bilan birga kirib keldi. X.Volf va uning tarafdorlari psixologik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira va boshqalar) murakkab ijtimoiy tarixiy taraqqiyot mahsuli emas, degan g’oyani ilgari surdilar.
    Shuning bilan birga "Ong", "Aql" tarixiy evalyusiya natijasi emas, deb inson psixikasiga o’zgacha yondashib, uni izohlab berish mushkul bo’lgan "birlamchi" xususiyat ekanligini tushuntirishga intiladilar. Mazkur nazariyaga asoslangan psixologlar insonning sezgilari uni tashqi olam bilan bog’lab turuvchi birdan bir shaxobcha ekanligini inkor qilishgacha borib yetdilar va voqelikni mana bunday tarzda izohlashga harakat qildilar; sezgilar insonni tashqi olamdan ajratib turadilar, ular atrof-muhit o’rtasidagi bartaraf qilib bo’lmaydigan devor hisoblanadilar. Berkli, Yung, Myuller, Gelmols singari olimlar sezgi organlarining "Spesifik energiyasi" nazariyasini ishlab chiqdilar. Bu g’oyaning asoschisi sifatida Iogann Myuller qat'iy pozisiyada turib, uni butun vujudi bilan himoya qilishga intildi. Ushbu nazariyaga binoan har qaysi sezgi a'zosi hoh quloq, hoh til, hoh teri bo’lishidan qat'iy nazar tashqi dunyoning ta'sirini aks ettirmaydi, atrof-muhitda bo’lib turgan real, jarayonlar yuzasidan axborotlar berishga qobil emas, faqat u tashqi ta'sirdan shaxsiy jarayonlarning qo’zg’atuvchisidan turtki oladi, xolos. Mazkur nazariyaga ko’ra har bir sezgi a'zolari o’zining spesifik energiyasiga ega bo’lib, u har qanday ta'sirdan qo’zg’aladi. Masalan, ko’zni bosib, unga elektr toki bilan ta'sir qilib ko’rilsa, yorug’lik sezgisi hosil qilinadi. quloqqa elektr qo’zg’atuvchisi bilan ta'sir o’tkazilsa, u holda tovush sezgisi vujudga keladi. Binobarin, sezgi a'zolari tashqi ta'sirni aks ettirmaydi, balki ularning ta'siridan qo’zg’aladi. Inson hech qachon tashqi voqelikni, dunyoni ob'ektiv ta'sirlarini idrok qilmaydi, balki sezgi a'zolari faoliyatida o’zlarining shaxsiy sub'ektiv holatlarini aks ettiradi.
    Sezgilarning reseptor nazariyasiga ko’ra reseptor sezgi a'zolari ularga ta'sir qiluvchi qo’zg’atuvchilarga nisbatan sust javob qaytaradi, sezgilar harakatga qarama-qarshi turuvchi sust jarayondir. harakatning o’zi esa aksincha faol (aktiv)dir.
    Hozirgi davrda sezgilarning reseptor nazariyasi mutlaqo sezgi jarayonlarining fiziologik mexanizmini ochib berishga yaroqsiz ekanligi qator tadqiqotchilar tomonidan ishonchli omillarga suyangan holda ta'kidlab o’tilgandir.
    Sezgi jarayonining faolligini tan oluvchi nazariya sezgilarning reflektor nazariyasi deb ataladi. hayvonlar va jonivorlarning sezgilari sust xususiyatga emas, balki tashqi olam ta'sirining biologik ahamiyatga molik jihatlarini faol ravishda ajratgan holda xatti-harakatni amalga oshiradilar. Masalan, asalari bir xil turkumdagi gullarga nisbatan aralash qollardagi gullarga faolroq javob reaksiyasini bildiradi. Mushuk sichqonning qimirlashiga e'tiborini kuchaytiradi, lekin xuddi shunga o’xshash kamerton tovushiga aslo parvo ham qilib qo’ymaydi.
    Bu omillar shuni ko’rsatib turibdiki, birinchidan, sezgilar faollik xususiyatiga ega, ikkinchidan ularning vujudga kelishida harakat tarkiblari ishtirok etadi.
    AQSHlik psixolog Neffning ta'kidlashicha, mikroskop ostiga olib teriga igna sanchilsa, xuddi shu uchastkada reflektor harakat reaksiyalari kuzatilgan: tomirning hisishi, teri galvanik refleks, goho ko’z harakati, bo’yin muskullarining, taranglashuvchi qo’lning harakat reaksiyasi sodir bo’lishi mumkin.
    Jahon psixologlari tomonidan narsalarning murakkab tomonlarini tanish, farqlash harakatning ishtirokisiz amalga oshmasligi ta'kidlab o’tilgan. Masalan, ko’zni yumib, jismni farqlash uchun qo’l bilan uni paypaslash kerak, aks holda uning holati, shakli, qattiq yoki yumshoqligi g’adir-budurligini bilib, sezib bo’lmaydi.

    Download 3,55 Mb.
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   314




    Download 3,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim

    Download 3,55 Mb.