• Ixtiyoriy xotira
  • Radosavlevich
  • Ixtiyorsiz xotiraning
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim




    Download 3,55 Mb.
    bet171/314
    Sana15.01.2024
    Hajmi3,55 Mb.
    #138209
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   314
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim

    So’z-mantiq xotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda xulosa chiqarishlar tashkil etadi. Insonda fikr va mulohaza turli xil shakllar yordamida ifodalanganligi tufayli ularni ifodalash faqat o’zlashtirilayotgan materiallarning asosiy ma'nosini izohlash, talqin qilib berish yoki ularni so’zma- so’z ifodalanishini aynan aytib berishga qaratilgan bo’lishi mumkin. Agar ma'lumot, axborot, xabar, material ma'no jihatidan qayta ishlanmasa, u holda materialni so’zma-so’z o’zlashtirish, mantiqiy o’rganish bo’lmasdan, balki aksincha mexanik esda olib qolishga aylanib qoladi.
    So’z-mantiq xotirasining vujudga kelishida birinchi signal bilan bir qatorda ikkinchi signallar tizimi asosiy hisoblanadi. Chunki so’z mantiq xotirasi faqat insongagina xos bo’lgan xotiraning maxsus turi hisoblanib, bu xotira turi o’zining sodda shakllari bilan hayvonlarga ham taalluqli bo’lgan harakat, his-tuyg’u va obrazli xotiralardan sifat, ham miqdor jihatdan keskin farq qiladi. Ana shu boisdan so’z-mantiq xotirasi bir tomondan xotiraning boshqa turlari taraqqiyotiga asoslanadi, ikkinchidan ularga nisbatan yetakchilik qiladi. Shu bilan birga, boshqa turlarning rivojlanishi so’z mantiq xotirasining takomillashuviga uzviy bog’liqdir. So’z-mantiq xotirasining o’sishi qolgan xotira turlarining barqarorlashuvini belgilaydi.
    Xotira turlariga nisbatan boshqacha tarzda yondashish hollari ham uchraydi. Shu bois xotira faoliyatini amalga oshirayotgan faollik xususiyatlari bilan uzviy bog’liq ravishda turlarga ajratiladi. Masalan, faoliyat maqsadiga ko’ra xotira ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo’linadi.
    Ixtiyoriy xotira deganda ma'lum maqsadni ro’yobga chiqarish uchun muayyan davrlarda aqliy harakatlarga suyangan holda amalga oshirilishidan iborat xotira jarayoni tushuniladi. Bu faoliyatni odam ongi bevosita boshqaradi. Ko’pincha psixologiya fanida ixtiyoriy xotiraga ixtiyorsiz esda olib qolish qarshi qo’yiladi. Bu jarayon ma'lum kerakli topshiriq yoki vazifa qo’yilsa, esda olib qolishga etaklovchi faoliyat biron-bir maqsadni ro’yobga chiqarishga yo’naltirilgan taqdirda yuzaga keladi. Biz matematik topshiriqlarini yechayotganimizda masaladagi sonlarni esda olib qolishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ymaymiz. Mazkur so’z mantiq xotirada asosiy maqsad faqat masala yechishga qaratiladi. Buning natijasida sonlarni esda saqlashga, hech qanday o’rin ham qolmaydi.
    Shunga qaramay, biz ularni qisqa muddat bo’lsa-da, esda saqlashga intilamiz. Bu holat faoliyat yakunlangunga qadar davom etadi.
    Esda olib qolishni maqsad qilib qo’yish esda olib qolishning asosiy sharti hisoblanadi. Serb psixologi Radosavlevich o’z tadqiqotida quyidagi hodisani bayon etadi. Tajribada tekshiriluvchidan biri sinovda qo’llanilayotgan tilni tushunmaganligi tufayli uning oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarmagan. Buning oqibatida uncha katta bo’lmagan tadqiqot materiali 46 marta o’qib berilganiga qaramay, esda olib qolinmagan. Tajribaning keyingi bosqichida vazifa tekshiriluvchiga tushuntirib berilgandan so’ng u material bilan olti marta o’ib, tanishib, uni takrorlab, qismga ajratib esga qayta tushirishga erishgan.
    Xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari xotira taraqqiyotining ikkita ketma- ket bosqichlarini tashkil etadi. Ixtiyorsiz xotiraning turmushda va faoliyatda katta o’rin egallashini har kim o’z shaxsiy tajribasidan biladi. Ixtiyorsiz xotiraning muhim xususiyatlaridan biri ma'lum maqsadsiz aqliy, asabiy, irodaviy zo’r berishsiz hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan keng ko’lamdagi ma'lumot, xabar, axborot, ta'surotlarning ko’pchilik qismini aks ettirishdir. Shunga qaramasdan inson faoliyatining turli jabhalarida o’z xotirasini boshqarish zarurati tug’ilib qolishi mumkin. Xuddi mana shunday sharoitlar, holatlar, vaziyatlarda esda saqlash, esga tushirish yoki eslash imkoniyatini yaratadigan xotiraning mazkur turi katta ahamiyatga egaligi shubhasiz.
    So’nggi paytlarda rus va xorij psixologiyasida xotira borasidagi tadqiqotchilarning e'tiborini esda olib qolishning dastlabki, boshlang’ich daqiqalarida vujudga keladigan holatlar, jumladan tashqi taassurot izlarining mustahkamlanishigacha bo’lgan jarayonlar, holatlar, mexanizmlar, shuningdek, ularning mustahkamlanish muddatlarini ham o’ziga jalb qilib kelmoqda.
    Masalan, biror material xotirada mustahkam joy olish uchun uni sub'ekt tomonidan tegishli ravishda qayta ishlab chiqish zarur va materialni bunday ishlab chiqish uchun ma'lum darajada muddat talab etish tabiiydir. Ana shu muddat xotirada qayta tiklanilayotgan izlarni mustahkamlash deb qabul qilingan. Mazkur jarayon inson tomonidan yaqindagina bo’lib o’tgan hodisalarning aks sadosi sifatida kechiriladi va takomillashadi. Inson muayyan daqiqalarda, lahzalarda, ayni paytda bevosita idrok qilinayotgan narsalarni go’yo ko’rishda, eshitishda davom etayotgandek tuyuladi. Ushbu jarayon kelib chiqishi jihatidan beqaror, hatto o’zgaruvchan, lekin ular shu qadar maxsus tajriba orttirish mexanizmlarining faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ularning roli shu qadar ahamiyatli-ki, bu jarayonlarda esda olib qolish, esda saqlash, axborotlar, malumotlar, xabarlarni qayta esga tushirishning alohida turi sifatida qaraladi. Ushbu jarayon odatda psixologiya fanida qisqa muddatli xotira deb ataladi.
    Juda ko’p qaytarishlar va qayta tiklashlar natijasida materialni uzoq muddat davomida esda saqlanib qolishi xarakterli bo’lgan uzoq muddatli xotiradan farq qilgan holda, qisqa muddatli xotira bir marta hamda juda qisqa vaqt oraliqida idrok qilish va shu ondayoq qayta tiklashdan so’ng qisqa muddatli esda olib qolish bilan xarakterlanadi.
    Hozir ilmiy adabiyotlarda qisqa muddatli xotirani quyidagi atamalar bilan nomlash uchraydi: "bir lahzalik", "dastlabki", "qisqa muddatli" va boshqalar.

    Download 3,55 Mb.
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   314




    Download 3,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim

    Download 3,55 Mb.