|
Hissiy holatlarning ifodalanishi
|
bet | 229/314 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 3,55 Mb. | | #138209 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim
Hissiy holatlarning ifodalanishi birinchidan, ifodali harakatlar (yuz ifodasi, qo’l, oyoq harakatlari), ikkinchidan organizmdagi turli hodisalarni, ya'ni ichki a'zolar faoliyatining va holatining o’zgarishida, uchinchidan tabiatda, ya'ni
organizm qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o’zgarishlarni, shuning bilan birga modda almashinuvida bo’ladigan o’zgarishlarni o’z tarkibiga oladi.
His-tuyg’ularning tashqi ifodasiga yuz ifodasi, imo-ishora, vajohat va qaddu- qomatning o’zgarishi, ayiruv, tashqi chiqaruv bezlarining faoliyati (so’lak, ter ajralishi) va ayrim harakatlar xususiyatlaridagi o’zgarishlarni kiritish mumkin. Bunga nutqning faol o’zgarishlari, "ovoz mimikasi" va gaplar tarkibining sintaksis o’zgarishi, "tutilmasdan gapirish", yoki alo?ida "silliqlik" hamda "ifodalilik"ning yuzaga kelishi nihoyat hissiyot o’zining to’la qisman ifodasini topadigan xatti- harakatlarga taalluqlidir. Kishining emosional kechinmalari vaqtida nutqining tezligi o’zgaradi. Ko’pincha nutqning sintaksis tuzilishi buziladi, tezligi va ahamiyati o’zgaradi. O’tkazilgan tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, g’amginlik va ma'yuslik hislarini ifodalovchi kishining ovozi beixtiyor pasayib ketadi, so’zlashgan kishining tovushi ham bo’linib-bo’linib chiqadi.
Hislarni kechirish shakllari
Hissiyot kechinmalari turli holatlarda turlicha tezlik bilan paydo bo’ladi. Ba'zan hissiyot to’satdan, darhol paydo bo’ladi. Masalan, kishi birdan xursand bo’lib ketadi, darhol g’azabga keladi, achchiqlanadi va hokozo. Lekin ba'zan shu hissiyotlar o’zi dafa'tan qo’zg’almaydi, balki asta-sekin tug’ila boshlaydi. Shunday hissiy kechinmalarning qay darajada tez paydo bo’lmasligini belgilash qiyin yoki butunlay bilib bo’lmaydi. Emosional kechinmalarning kuchi turlicha bo’lishi mumkin. Hissiyotlarni kuchi avvalo yoqimli va yoqimsiz tuyg’ularning naqadar kuchli bo’lishidadir. Hissiyotning kuchi shu hissiyotni shaxsning naqadar ehtiros bilan kechirilganligi bilan belgilanadi.
Hissiyotning qo’zg’alish xususiyatlari paydo bo’lish yo’lini kuchi va barqarorligi bir qancha sabablarga bog’liqdir. Atrof-muhitning holati shu paytdagi ehtiyojlarning kuchi shu xislat tuzilishiga sabab bo’lgan hodisalarning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatini anglashi, odamning dunyoqarashi, bu xislat qanday vaziyatda paydo bo’lishi va o’tmishi hamda shaxsning individual xususiyatlariga bog’liqdir. Hislarning ayni vaqtda naqadar tez kuchli va barqaror bo’lishiga ko’ra his- tuyg’ularning quyidagi turlari farqlanadi: hissiy ton, emotsiyalar, affekt, stress, kayfiyat va boshqalar.
|
| |