• Ikkinchidan
  • P.M.Yakobson
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim




    Download 3,55 Mb.
    bet231/314
    Sana15.01.2024
    Hajmi3,55 Mb.
    #138209
    1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   314
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim

    Birinchidan, emotsiyalar nafas olish a'zolarining ishlarida o’zgarish yasaydi. Masalan, yoqimli his-tuyg’ular ishga tushganda nafas olishning tezligi va ampilitudasi ortadi, yoqimsiz his-tuyg’ular ustun kelganda kamayadi, qo’zg’algan vaqtida nafas harakatlari tezlashadi hamda chuqurlashadi, zo’r berish vaqtida- sekinlashadi va yuzakilashadi, hayajon vaqtida tezlashadi, hamda kuchsizlashadi, kutilmagan holatda, hayron qolishda zudlik bilan tezlashadi, qo’rquvda sekinlashadi va hokazolar.
    Turli emotsional holatlarda nafas olishning o’zgarishi

    1. xursandlikda nafas olish bir minutiga 17 marta;

    2. faol xafalikda 9 marta;

    v) qo’rqishda 64 marta;
    d) jahl chiqqanda 40 marta.
    Ikkinchidan, emotsiya imo - ishoralarda, mimikada, ya'ni kishining yuzida bo’ladigan harakatlarda hamda butun badanning ma'nodor harakatlarida ko’rinadi.
    Uchinchidan, gumoral harakatlardagi, ya'ni organizmning qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o’zgarishlarni va shuning bilan birga modda almashishida bo’ladigan yanada chuqur o’zgarishlarni o’z tarkibiga oladi.
    Demak, emotsiyalarning tashqi ifodasiga mimika, imo-ishora, aft-bashara va qad-qomatning o’zgarishlari, ayrim tashqi sekresiya bezlarining faoliyati yosh, so’lak, ter ajralishi hamda ayrim harakatlarning xususiyatlaridagi o’zgarishlar, ya'ni ularning tezligi, kuchi, koordinasiyasi va hokazolar kiradi.
    Emotsiyalarning eng aniq va yaqqol ko’rinishlaridan biri kulgi bilan yig’idir. L.N.Tolstoy o’z asarlarida odamning ruhiy holatini ifodalovchi nigohlarning
    85 xilini va kulishning 97 xilini tasvir etgan. "Har xil sabab bilan yig’lagan paytda odamning boshi va og’zi har xil qiyofada o’zgaradi" - degan edi. Leanardo da- Vinchi.
    Rus psixologi P.M.Yakobson tomonidan ishlangan rasmlardan ko’rinib turibdiki, odamning aftidagi qiyofa asosan lablar, qosh va ko’z o’zgarishlarining bir-biriga nisbatan turlicha holatga, shuningdek, ko’zning qanchalik chaqnab turishiga bog’liqdir. Ko’zning qanchalik chaqnashi ko’z yoshining miqdori, ko’z shilliq pardasidagi tomirlarning kattalashuvi bilan belgilanadi. Maskaning tagida ko’rinib turgan ko’z o’zining ifodasini yo’qotgan bo’ladi. Ko’z, lab, qovoq, qoshning har xil holati, xatto odam chehrasini ham turli qiyofaga kiritadi.
    Odam hissiyotlarini bildirishning eng nozigi va eng kuchlisi san'at, xususan, muzika bilan lirik she'rlardir, ularni tom ma'noda hissiyotning tili deyish mumkin.
    Odam o’zini va gavda harakatlarini, shuningdek tovushni ataylab chiroyli qilib ko’rsatishi mumkin. U garchi "muayyan hissiyotlarni o’zi kechirmayotgan bo’lsa ham o’sha hissiyotlarni ifodalaydigan harakatlar qila oladi.
    Har bir kishi ham o’z hissiyotlarining tashqi ifodalarini ma'lum darajada o’zgartirishi mumkin. Odamlarni kundalik muomalalarida badanning xilma-xil ifodali xarakatlari, imo-ishoralar xususan, ko’z bilan qilinadigan imo-ishoralar, tovushning ohangi, g’amginligi muhim ahamiyatga ega. Shunchaki bir xo’mrayish, salgina jilmayib kulish, yelka qisish kabi ifodali harakatlar kishining maqsadini anglatadi.

    Download 3,55 Mb.
    1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   314




    Download 3,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim

    Download 3,55 Mb.