• Moslashish bosqichida
  • Praksik hislar
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim




    Download 3,55 Mb.
    bet235/314
    Sana15.01.2024
    Hajmi3,55 Mb.
    #138209
    1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   314
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim

    Xavotirlik bosqichida taloqning kichrayishi, yoq qavatining yo’qolishi, oshqozonda o’tkir yallig’lanishning sodir bo’lishi, buyrak tepasida likosidlarning kamayishi kuzatiladi. Shu bilan birga teri jarohatini pasayishi, ko’z yoshlanishi, so’lakning ajralishi kuzatiladi. Agarda ta'sir kuchli bo’lsa, bu bosqichda xavotirlik holati boshlanadi.
    Moslashish bosqichida buyrak usti bezlari kattalashadi, organlar va to’qimalarning ishlashi sekinlashadi. Agar stressni keltirib chiqaruvchi omil organizmga kuchli ta'sir etsa etmasa shu holat uzoq vaqt saqlanib qoladi. Agar ta'sir kuchli bo’lsa, uchinchi bosqich boshlanadi.
    O’ta charchash bosqichi - organizmda kuzatilayotgan yutuqlarga ko’ra bosqich xavotirli bosqichga yaqin. Bunda odatda organizm kasallanadi.
    Chet el mualliflari asosan ijtimoiy, psixik va fiziologik stress shakllarini ajratadilar. Ularning fikricha, ijtimoiy stress asosida shaxsning ijtimoiy, iqtisodiy yashash sharoiti yotadi. Ijtimoiy ziddiyatlar doimiy o’ziga ishonmaslik va keskinlikni yuzaga keltiradi.

    Yuksak hislar


    Hissiy jarayonlarning har xil shakllari normal odamda alohida, yakka holda mavjud bo’lmaydi. Yuzlab va minglab kechirilayotgan emotsiyalar, affektlar, kayfiyatlarda aniq yashaydigan umumlashtirilgan hislar yuksak hislar deyiladi. Yuksak hislar o’z tarkibiga birinchi soddaroq ko’rinishdagi turli hislarni oladi.
    Inson faoliyatining qaysi bir turi, yoki qaysi bir sohasi, hislarni qaysi birining asosiy ekanligiga qarab, yuksak hislarning muhim turlari: praksik , axloqiy, intellektual, estetik turlari ajratiladi.
    Praksik hislar. Inson amaliy hayotining istalgan sohasi maqsadga muvofiq aqliy faoliyatiga, shaxsning ularga nisbatan muayyan munosabatda bo’lish sohasiga aylanib qoladi. Bu birinchi navbatda biror maqsadni anglabgina qolmay, uni e'tirof etadigan yoki inkor qiladigan maqsadlarga erishish yo’llarini baholaydigan ta'sir qilish usullari va ko’lamlarini ma'qullaydigan va ma'qullamaydigan, ularni to’g’ri tanlanganligiga shubhalanadigan, nihoyat muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik hissini kechiradigan mehnat faoliyatida kuzatiladi. Mehnat inson hayotining asosi bo’lib, insonning mehnatga bo’lgan hissiy munosabati yuksak hislar orasida muhim o’rinni egallaydi,
    Mehnat faoliyatida shaxs:

    1. Biror maqsadni anglaydi.

    2. Uni e'tirof qiladi yoki inkor etadi.

    3. Maqsadga erishish yullarini baholaydi.

    4. Uni tadbiq etish usullari va qurol vositalarini ma'kullaydi yoki ma'qullamaydi.

    5. Ularning tanlanganligiga shubhalanadi.

    6. Inson muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik hissini kechiradi va hokazo.


    Download 3,55 Mb.
    1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   314




    Download 3,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim

    Download 3,55 Mb.