|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim
|
bet | 261/314 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 3,55 Mb. | | #138209 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'limO’quv motivlari - bu o’quvchilarni o’quv faoliyatining turli tomonlariga yo’naltirishdir. Masalan, o’quvchining o’zi o’rganayotgan ob'ekt bilan bajaradigan ishiga qaratilgan bo’lsa, ularni bilish motivlari deb atash mumkin. Agar o’quv faoliyati o’quv jarayonida turli kishilar bilan to’g’ri muloqot qilishga yo’naltirilgan bo’lsa, ijtimoiy motivlar namoyon bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, ba'zan o’quvchilarda bilish jarayoni, qolganlarida esa boshqalar bilan muloqot o’qish faoliyatini motivlashtirib turadi.
A.K.Markova motivlarni 2 ta katta guruhlarga ajratgan.
O’quv faoliyatining mazmuni va uni bajarish bilan bog’liq bilish motivlari.
O’quvchining boshqa kishilar bilan o’zaro ijtimoiy (sosial) motivlari.
Bu motiv turlari psixologik adabiyotlarda keng o’rganilgan.
Psixologlar tomonidan o’quv motivatsiyasining salbiy va ijobiy tomonlari mavjudligi ta'kidlab o’tilgan. Salbiy motivlar o’quvchi tomonidan agar u o’qimasa, ko’ngilsizlik, noqulayliklar va noaniqliklarni vujudga kelishi bilan bog’liq holda anglangan undovchilardir.
Ijobiy motivlar o’qish bilan bog’liq ijtimoiy ahamiyatga ega burchni bajarish, muvaffaqiyat qozonish, bilim egallashning yangi usullarini o’zlashtirib olish, atrofdagilar bilan yaxshi munosabat o’rnatishda o’z aksini topadi. Motivlarning yana bir xususiyati uning vujudga kelishi tezligi va kuchida o’z aksini topadi. Bu xususiyat o’quvchi qancha vaqt mobaynida ushbu motiv tomonidan undalgan o’quv faoliyati bilan shug’ullana olishida namoyon bo’ladi. O’qituvchining diqqat markazida o’quv motivlarining namoyon bo’lish shakllari turishi kerak. Bu asosda o’qituvchi o’quvchi faoliyatining motivlari haqida dastlabki tasavvurga ega bo’ladi. Shundan so’ng motivlarning ichki xususiyatlari salbiy modallikka ega bo’lgan ko’ngilsizlikdan qochish kabi beqaror motivlarga e'tibor berishimiz lozim.
Psixologik ma'lumotlarga ko’ra, har qanday faoliyat muayyan motivlar ta'sirida vujudga keladi va yetarli shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga oshadi. Shuning uchun ham ta'lim jarayonida o’zlashtirish, bilimlarni egallash va o’rganishni amalga oshirishni ta'minlash uchun o’quvchilarda o’quv motivlari mavjud bo’lishi shart. Bilish motivlari shaxsning (sub'ektning) gnesologik maqsad qo’yish sari, ya'ni belgilangan maqsadni qaror toptirishga, bilim va ko’nikmalarni egallashga yo’naltiriladi. Odatda bunday turdosh va jinsdosh motivlar nazariy ma'lumotlarning ko’rsatishicha, tashqi va ichki nomlar bilan atalib, muayyan toifani yuzaga keltiradi.
Tashqi motivlar jazolash, taqdirlash, xavf-xatar va talab qilish, guruhiy tazyiq, ezgu niyat, orzu-istak kabi qo’zg’atuvchilar ta'sirida vujudga keladi. Bularning barchasi bevosita o’quv maqsadiga nisbatan tashqi omillar, sabablar bo’lib hisoblanadi. Mazkur holatda bilimlar va malakalar o’ta muhimroq boshqa hukmron (etakchi) maqsadlarni amalga oshirishni ta'minlash vazifasini bajaradi (yoqimsiz holat va kechinmalar yoki noxush, noqulay vaziyatdan qochish ijtimoiy, yoki shaxsiy muvaffaqiyatga erishish; muvaffaqiyatga erishuv muddaosi mavjudligi va hokazo). Bu turdagi yoki jinsdagi tashqi motivlar ta'sirida ta'lim jarayonida bilim va ko’nikmalarni egallashda qiyinchiliklar kelib chiqadi va ular asosiy maqsadni amalga oshirishga to’sqinlik qiladi. Masalan, kichik maktab
yoshidagi o’quvchilarning asosiy maqsadi o’qish emas, balki ko’proq o’yin faoliyatiga moyillikdir. Mazkur vaziyatda o’qituvchining o’qishga ularni jalb qilish niyati o’quvchilarning o’yin maqsadining ushalishiga halaqit berishi mumkin, lekin bunga izoq, talab dalillar yetishmaydi.
Motivlarning navbatdagi toifasiga, ya'ni ichki motivlar turkumiga individual xususiyatli motivlar kiradiki, ular o’quvchi shaxsida o’qishga nisbatan individual maqsadni ruyobga chiqaruvchi qo’zg’alish negizida paydo bo’ladi. Chunonchi bilishga nisbatan qiziqishning vujudga kelishi shaxsning ma'naviy (madaniy) darajasini oshirish uchun undagi intilishlarning yetilishidir. Bunga o’xshash motivlarning ta'sirida o’quv jarayonida nizoli, ziddiyatli holatlar (vaziyatlar) yuzaga kelmaydi. Albatta, bunday toifaga taalluqli motivlar paydo bo’lishiga qaramay, ba'zan qiyinchiliklar vujudga kelishi ehtimol, chunki bilimlarni o’zlashtirish uchun irodaviy zo’r berishga to’g’ri keladi. Bunday xossalarga ega bo’lgan irodaviy zo’r berishlar tashqi halaqit beruvchi qo’zg’atuvchilar (qo’zg’ovchilar) kuchi va imkoniyatini kamaytirishga qaratilgan bo’ladi. Pedagogik psixologiya nuqtai nazaridan ushbu jarayonga yondashilganda, muloqotli vaziyatgina optimal (oqilona) deyiladi.
Hozirgi davrda o’qish motivatsiyasini diagnostika qilishning boshqa yo’llari tavsiya qilinayapti: laboratoriya eksperimentlarini pedagogik tajribalar bilan (tabiiy diagnostika uslublarini qo’llash), shuningdek real o’quv jarayoni sharoitida o’quvchining ijtimoiy xulqini uzoq muddat o’rganish bilan to’ldirish mumkin (A.K.Markova), bu o’qish motivatsiyasini diagnostika qilish natijalarini tekshirish sifatida xizmat qilishi mumkin deb ta'kidlaydi.
O’qish motivatsiyasini diagnostika qilish uni o’tkazish uchun uslub tanlash tamoyillarini aniqlashtirishni talab qiladi. Ta'lim motivatsiyasini diagnostika qilishga bo’lgan zamonaviy yondashuvlardan kelib chiqqan holda, eng kamida, quyidagilarni ajratish mumkinligi N.E.Efimova tomonidan tavsiya qilingan, biz ularni quyida keltiramiz.
Diagnostika o’tkazish uchun asos bo’ladigan ta'lim motivatsiyasi ko’rsatkichlarini belgilash.
Uch toifadagi diagnostika uslublarini tanlash, bevosita loyihaviy va bilvosita-ta'lim motivatsiyasi ko’rsatkichlarini diagnostika qilishga yo’naltirilgan uslublar.
Har bir uslubning ajratilgan ko’rsatkichlarga bo’lgan diagnostikaviy imkoniyatlarini aniqlash.
Mazkur metodika natijalarini namoyon qilish chog’ida hisobga olinadigan nazariyani uslubning metodologik asosini hisobga olish.
Metodika matnlarining o’quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi.
O’quvchilar shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish.
Diagnostikani o’tkazish
Agar ijtimoiy motivlar ham ta'lim faoliyati uchun yetakchi hisoblansa, bir qator mualliflar (P.Ya.Galperin va boshqalar) ta'lim faoliyatiga nisbatan ularga tashqi motivlar sifatida qarashadi.
|
| |